Главная » 2020 » Июнь » 23 » Marvel filmlaridagi qahramonlarni gavdalantirgan aktyorlarning rafiqalari qanday ko‘rinishga ega? (foto)
23:53

Marvel filmlaridagi qahramonlarni gavdalantirgan aktyorlarning rafiqalari qanday ko‘rinishga ega? (foto)


Muxlislar uchun qahramonlar tanlovi hamisha qiziq bo‘lgan.

Kichik Robert Dauni va Syuzan Dauni

Robert Dauni rafiqasi Syuzan bilan “Temir odam” filmidan avval, “Gothic” filmining suratga olish maydonchasida tanishgan. Syuzan film prodyuserlaridan biri bo‘lgan. Ikki yillik munosabatlardan keyin turmush qurishga qaror qilgan juftlikning hozirda ikki nafar farzandi bor. Syuzan ayni vaqtda ham prodyuserlik faoliyatini davom ettirib, turmush o‘rtog‘i bilan birgalikda loyihalar amalga oshiradi.

Kris Xemsvort va Elza Pataki

Kris ham rafiqasi Elza bilan “Tor” filmida suratga tushishdan avval tanishgan. Juftlik 10 oylik munosabatlarni nikoh bilan mustahkamlashga qaror qilgan va hozirda uch farzandning baxtli ota-onasi hisoblanadi.

Mark Ruffalo va Sanrayz Koyni

Halk rolini gavdalantirgan aktyor fransuz aktrisasi va zargarlik saloni egasi Sanrayz Koyni bilan 2000-yilda turmush qurgan va uch farzandli bo‘lgan. Aktyor va uning turmush o‘rtog‘i mamlakatdagi siyosiy jarayonlar va ekologiyaga befarq bo‘lmagan holda turli mitinglarda ham ishtirok etib turadi.

Benedikt Kemberbetch va Sofi Xanter

Benedikt shaxsiy hayoti bilan bog‘liq ma’lumotlarni e’lon qilishni yoqtirmaydiganlardan. Shu sabab ham teatr aktrisasi Sofi Xanter bilan uchrashishini bir yil davomida matbuotdan yashirgan. 2015-yilda turmush qurgan juftlik hozirda ikki o‘g‘il farzandni tarbiyalamoqda.

Pol Radd va Juli Yager

Pol teleprodyuser Juli bilan 2003-yilda turmush qurganiga qadar 5 yil davomida uchrashib yurgan. Hozirda juftlikning ikki nafar farzandi bor va Juli ularga yetarli vaqt ajratish maqsadida ishdan bo‘shagan.

Kris Prett va Ketrin Shvarsenegger

Kris Arnold Shvarseneggerning kuyovi hisoblanadi. 2019-yilda turmush qurgan juftlik ayni vaqtda farzand kutmoqda. Bu Krisning birinchi turmushi emas, bundan avval aktyor Anna Feris bilan 8 yil birga yashab keyin ajrashgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: (Foto), Marvel filmlaridagi, rafiqalari qanday ko‘rinishga ega, aktyorlarning, qahramonlarni gavdalantirgan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz