17:46 Mashinasini yaxshi ko‘radiganlar uchun… | |
Ko‘pchilik haydovchilar uchun mashina ikkinchi uyiga aylanib qoladi. Quyidagi maslahatlar mashina imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanishga va unga g‘amxo‘rlik qilishga yordam beradi. Demak, diqqat qiling, boshladik: 1. Agar mashina o‘rindig‘iga isitish moslamasini o‘rnatib olsangiz (lyuks mashinalarda ishlab chiqarish vaqtida qo‘yilgan bo‘ladi) uyga olib borayotgan pitsangiz yoki taomingiz sovib qolmaydi. Sotib olgan taomingizni shunchaki o‘rindiq ustiga qo‘yib, isitish tizimini yoqasiz, qarabsizki, uyga issiqqina yetib borgan taomdan yaqinlaringiz xursand. 3. Mashinadagi stakan ushlagich qanchalik foydali ekanligini hammamiz bilamiz. Agar shu joyga silikonli keks qolipini qo‘yib qo‘ysangiz, tozalash ishlariga ortiqcha vaqt sarflab o‘tirmaysiz. 4. Kiyimlar uchun mo‘ljallangan savatchadan ikkitasini yukxona ichiga solib qo‘ying. Bu do‘kondan olgan mahsulotlaringiz ag‘darilmay, to‘kilmasdan uyingizga yetib borishiga yordam beradi. 5. Agar mashinangizning faralari oksidlanib, xiralashib qolgan bo‘lsa, ta’mirlash uchun darrov ustaga olib borishingiz shart emas. Agar lampochkani almashtirgan bo‘lsangiz ham mashina farasi tumanda yoki qorong‘ida yo‘lni yaxshi yoritmayotgan bo‘lsa, uni o‘z qo‘lingiz bilan tuzatishingiz mumkin. Bunda sizga oddiy mato va tish pastasi yordam beradi. Demak, matoga tish pastasini surtib, fara oynalarini arting va boshqa bir matoni suvga botirib olib, oynani yaxshilab tozalang. Bu usul ortiqcha pul sarflamasdan yarqiragan faralarga ega bo‘lish uchun yordam beradi.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|