09:49 Maxsus ruxsatnomani olish tartibi haqida ma'lumot berildi | |
O‘zbekistonda 30 mart kunidan shaxsiy transportdan foydalanishga qo‘yilayotgan cheklov munosabati bilan Adliya vazirligi matbuot xizmati yo‘llarda harakatlanish uchun talab etiladigan maxsus ruxsatnomani olish tartibi bo‘yicha ma'lumot berdi.Ma'lum qilinishicha, maxsus ruxsatnoma (stiker) Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladi. Maxsus ruxsatnomalar berish tizimi joriy yilning 29 mart soat 09:00dan amaliyotga joriy etiladi. Maxsus ruxsatnoma Markazga tashrif buyurishdan oldin, markazga oldindan telefon qilib, ma'lumotlar operator tomonidan to‘ldirilganidan so‘ng qabul qilinadi. Avvaldan ro‘yxatdan o‘tmagan yuridik va jismoniy shaxslarning arizalari ko‘rib chiqilmaydi. Davlat xizmatlari markazlari telefon raqamlari 29 mart kuni soat 08:00da e'lon qilinadi. Birinchi navbatda oziq-ovqat va dori-darmon tashuvchi yuridik shaxslarning, keyin esa jismoniy shaxslarning arizalari qabul qilinadi. «Maxsus ruxsatnoma asosida harakatlanadigan boshqa avtotransport vositalari faqatgina ushbu muassasa va tashkilotlar faoliyati bilan bog‘liq holda harakatlanishiga ruxsat beriladi. Shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanish qatiyan man etiladi va tartib buzilgan holatlarda qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi, deya ogohlantiriladi xabarda.
Manba: "kun.uz"
| |
|