14:56 Mazali toblama - behidan tvorogli shirinlik! | |
Zarur masalliqlar: 500 gr. tvorog, 50 gr. sariyog‘, 2 dona tuxum, bitta behi, 6 osh qoshiq shakar, 5 osh qoshiq bug‘doy yormasi, 3 osh qoshiq sut. Tayyorlanishi: 1. Tuxum va shakarni mikserda ko‘pirtiring. Yumshatilgan sariyog‘ni qo‘shing. 2. Aralashmaga tvorog va sut solib, mikserda aralashtirishda davom eting. 3. Bug‘doy yormasini ham qo‘shing-da, ko‘pirtiring. Keyin 10 daqiqaga qoldiring. 4. Behini po‘stidan archib, mayda tishli qirg‘ichdan o‘tkazing-da, tvorogli aralashmaga soling. Uzunchoq va chuqur qolipga pishiriq qog‘ozini joylang-da, aralashmani solib, 190 darajada qizdirilgan gaz pechiga 30 daqiqaga qo‘ying. Tayyorlanish vaqti: 1 soat. 4 kishilik
Manba: "darakchi.uz"
| |
|