16:41 “Metan zapravka”larda dezinfeksiya uchun 5000 so‘mdan olinayotganiga izoh berildi | |
O‘zbekistonda karantin rejimi e’lon qilingach, avtomobil vositalarini dezinfeksiya qilish ishlari boshlab yuborildi. Ana shunday vaziyatda “metan zapravka”larda mashinalar dezinfeksiya qilinmoqda va buning uchun 5000 so‘mdan olinmoqda. Bu qanchalik to‘g‘ri va qonuniy?
Ta’kidlanishicha, ushbu ishlar rasmiy dezinfeksiya stansiyasi tomonidan amalga oshirilyaptimi yoki bunday tadbirlarda soxta ishtirokchilar paydo bo‘lib qolganim, ana shu jihatlarga e’tibor qaratish lozim. Eslatib o'tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda mamlakatda 104 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Shu vaqtgacha 2 kishi vafot etgan. Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|