Главная » 2020 » Январь » 8 » Meva-sabzavotlar qaysi organga o‘xshasa, shunga foyda bo‘ladi
08:29

Meva-sabzavotlar qaysi organga o‘xshasa, shunga foyda bo‘ladi


Sabzi parrak qilib kesilganda, odam ko‘ziga o‘xshashini sezganmisiz?
Aslida, meva va sabzavotlar o‘z shakli bilan insonning qaysi organiga foydali ekanini namoyon qiladi. Faqat bunga e’tiborli bo‘lsak bas. Hindiston SIMS Farmatsevtika kolleji tadqiqotchilari o‘z izlanishlari davomida bu masalani kengroq yoritib berishdi.

Selderey – suyak

Картинки по запросу Celery and Bone

Seldereyning uzun, ingichka poyalari suyakka o‘xshaydi. U suyaklarni mustahkamlaydi. Tarkibidagi kremniy suyaklarning molekulyar tuzilishining bir qismi hisoblanadi. Yana bir tasodif: suyaklar 23 foiz natriydan tashkil topgani kabi seldereyning tarkibida ham 23 foiz natriy bor. Agar sizning ratsioningizda yetarlicha natriy bo‘lmasa, bu suyaklaringiz zaiflashuviga olib keladi. 

Sabzi – ko‘zlar

Картинки по запросу The fruits and vegetables are the same as any organ

Sabzini parrak holda kessangiz, odamning ko‘z qorachig‘iga o‘xshash tasvirni ko‘rasiz. Sabzi vitamin va antioksidantlar manbayi hisoblanadi. U ko‘rish qobiliyatining pasayishiga qarshilik ko‘rsatadi. Uning tarkibidagi beta-karotin katarakta o‘sish xavfining oldini oladi. Shuningdek, ko‘z faoliyati va undagi qon aylanishini ham yaxshilaydi.

Loviya – buyrak

Картинки по запросу Kidney and Beans

Ko‘rinishidan inson buyragiga o‘xshaydigan loviyalar haqiqatan ham buyrak faoliyatini yaxshilaydi va buyrak xastaliklarini davolashda qo‘l keladi. 

Shirin kartoshka – oshqozon osti bezi

Картинки по запросу Sweet Potatoes and Pancreas

Shirin kartoshka oshqozon osti beziga o‘xshaydi va uning faoliyatini yaxshilaydi. Tarkibidagi beta-karotin tanadagi hamma hujayralarni, jumladan, oshqozon osti bezini ham saraton kasalligi va qarish bilan bog‘liq muammolardan himoya qiladi hamda diabetning glikemik ko‘rsatkichini muvozanatda saqlaydi.

Piyoz – tana hujayralari

Картинки по запросу Onions – Blood Cells

Tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, piyoz tana hujayralarining chiqindilarini tozalashga yordam beradi. Hatto epiteliy qatlamini yuvish uchun ko‘zlarimizni yoshlatadi. 

Pomidor – yurak

Картинки по запросу The fruits and vegetables are the same as any organ

Pomidorni bir parragiga nazar solsangiz, yurak tizimini ko‘rishingiz mumkin. Pomidor tarkibidagi likopen yurak kasalliklarining xavfini qisqartiradi. Agar pomidorga biroz zaytun moyi qo‘shsangiz, u tanangizga likopen so‘rilishini 10 barobarga oshiradi.

Yong‘oq – miya

Похожее изображение

Yong‘oqning shakli inson miyasining o‘ng va chap yarimsharini, orqa va old miyani o‘zida namoyon qiladi. Uning tarkibidagi Omega-3 moyi miya faoliyatini yaxshilaydi. Shuningdek, u Alsgeymer kasalligi xavfini ham kamaytiradi. 

Bodom – ko‘zlar

Bodom ko‘zlarning shakliga o‘xshaydi va ular uchun foydali hisoblanadi. Tarkibidagi E vitamini teri, soch va ko‘zlarning sog‘lom bo‘lishi uchun muhim. U xolesterin darajasini kamaytirishga ham yordam beradi. Undagi antioksidant qarish jarayonini sekinlashtiradi. Shuningdek, ko‘z atrofidagi qora halqalarni yo‘qotib, so‘lg‘in ko‘zlarni jonlantiradi. 

Qo‘ziqorin – quloq

Картинки по запросу Mushroom and Ear

Ovqatingiz tarkibidagi qo‘ziqorin eshitish qobiliyatini yaxshilaydi. Chunki u D vitaminiga ega kamdan kam mahsulotlar sirasiga kiradi. D vitamini suyaklar, jumladan, ovozni miyaga uzatib beruvchi mayda quloq suyaklarining sog‘lom bo‘lishiga xizmat qiladi. 


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz