21:06 Milliarder: «Trampdan qutulish uchun hamma pulimni sarflayman!» | |
«RIA Novosti»ning yozishicha, AQSh prezidentligiga nomzod milliarder Maykl Blumberg amerika yetakchisi Donald Trampdan qutulish uchun hamma pulini sarflashini ma’lum qildi.
«Asosiy maqsadim — Donald Trampdan qutulish. Trampdan xalos bo‘lish uchun hamma pulimni sarflayman... Nimani xohlayapsiz, ko‘p pul sarflashimni yoki kam?» — deydi Blumberg «Reyter» agentligiga bergan intervyusida. Blumberg noyabrda saylovoldi poygasiga qo‘shildi va, OAVning xabariga ko‘ra, televizion reklamaga qariyb 200 million dollar sarfladi. Blumberg Trampning faol raqiblaridan biri hisoblanadi va saylovda uni yengishini va’da bermoqda. Biroq demokratlardan yagona nomzodini ko‘rsatish uchun, birinchi navbatda, partiya ichidagi saylovda (praymeriz) ovoz beruvchilar, keyin esa iyulda partiya kengashi vakillarining aksariyati qo‘llab-quvvatlashi zarur. Hozir bu masalada Blumberg partiyadoshlari orasida beshinchi o‘rinda bormoqda. Bu borada yetakchi Jo Baydendan qariyb 20 foiz orqada qolmoqda. AQSh prezidentligiga saylovlar 2020-yil 3-noyabrda o‘tkaziladi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|