14:56 Millioner bo‘lishning 9 qoidasi | |
Forbes jurnali o‘tkazgan tadqiqotlar natijasida o‘z kuchi bilan millionlarga erishgan odamlarning o‘ziga xos xususiyatlari mavjudligini aniqladi, deb xabar berdi “Onedio.ru” nashri. Bu xususiyatlarni inson o‘zida shakllantirishi mumkin ekan. Bunga birpasda erishish qiyin, ammo quyidagi millioner amal qiladigan 9 qoidaga siz ham rioya qilsangiz, ko‘zlagan maqsadingizga yetishingizga ishonamiz. 1. Har bir imkoniyatdan komillikka erishish maqsadida foydalaning Qechqurun divanda yotib serial tomosha qilish o‘rniga, har bir daqiqangizdan unumli foydalaning. Ertalab yangiliklarni o‘qing, zamonaviy trendlardan boxabar bo‘ling, kunduzi esa shaxsiy biznesingizni rivojlantirish uchun tinimsiz mehnat qiling. Kechki payt faoliyatingizga tegishli adabiyotlarni o‘qing, yutuq va kamchiliklaringizni tahlil qiling. Asosiysi bir joyda to‘xtab qolmang. 2. Har qanday imkoniyatdan unumli foydalaning Biz har kuni o‘zgarib turadigan bozor iqtisodiyoti sharoitida yashayapmiz. Agar vaqtni xayol surish bilan o‘tkazadigan bo‘lsangiz, imkoniyatni qo‘ldan boy berasiz. 3. Reja asosida ish ko‘ring Albatta hayotda hamma narsani rejalashtirib bo‘lmaydi, ammo biror bir maqsadni ko‘zlab, qiyinchiliklardan qo‘rqmay, olg‘a harakat qiling. Bundan tashqari, maqsadingizga yetishingiz uchun nimalar zarur bo‘lishini ham aniqlab oling. 4. Ishlab topgan pulingizga loyiq ekanligingizga ishonch hosil qiling Aksariyat odamlar o‘zini omadli odamlar deb emas, balki ko‘p pul topishga noloyiq insonlar deb hisoblaydi. Bu stereotipdan voz kechib, o‘zingizni millionlar egasi bo‘lishingizga ishontiring. Buning uyat joyi yo‘q, chunki siz jinoiy yo‘l bilan emas, halol peshona teri bilan pul topishga harakat qilyapsiz. 5. Tavakkal qilishdan cho‘chimang Agar biror bir korxona uchun pul tikishga qo‘rqsangiz, hech qachon biringiz ikki bo‘lmaydi. Pulingizni yo‘qotishdan qo‘rqsangiz, daromad haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Pullar saqlash uchun emas, ishlatish uchun yaratilgan. 6. O‘zingizga yoqqan ishdan pul topishga harakat qiling Bu oson bo‘lmasa-da, ammo uni amalga oshirishning imkoni bor. Agar o‘z kasbingizni, ishingizni sevadigan bo‘lsangiz, birov uchun emas, o‘zingiz uchun ishlaysiz. O‘z biznesingizni yaratish usulini toping. Mabodo biror nima pishirishni yoqtirsangiz, novvoyxona, agar savdo-sodiqni xush ko‘rsangiz do‘kon oching. Orzuga ayb yo‘q, faqat uni hayotga tatbiq etsangiz kifoya. 7. Hammaslak toping Buning uchun ishingizga bor kuchini bag‘ishlay oladigan, sizni tushunadigan, qo‘llab-quvvatlaydigan o‘z guruhingizni tuzing. Sizni nafaqat moddiyat, balki ishonch va o‘zaro hurmat ham birlashtirishi lozim. Bunday odamlar rahbarlik qobiliyatingizni tan olib, olg‘a intilishingizda yordam beradi. 8. Noldan boshlashdan qo‘rqmang Mustaqil ravishda oyoqqa turib, boylik orttirgan odamlar bir marta emas, bir necha marotaba kasodga uchrab, bor-budidan ajragan bo‘ladi. Ular xato qilishdan qo‘rqmaydilar, balki xatodan saboq o‘rnida foydalanishadi. 9. Millioner bo‘lishingizga ishoning Agar zavodda oddiy ishchi bo‘lib ishlagan odam, ishini yo‘qotsa, yana xuddi shunday maoshli ish topishga harakat qiladi. Mabodo, tadbirkor inqirozga uchrasa, u qayta oyoqqa turib, daromadini tiklaydi. Har birimiz o‘zimizni qancha pul topishga loyiq deb hisoblasak, shuncha pul topamiz. “Kambag‘alchasiga fikrlash”dan voz keching, millioner bo‘lish qo‘limdan keladi, deb o‘zingizni ishontiring.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|