22:21 Milliy bog‘da okeanarium barpo etiladi | |
Prezident Shavkat Mirziyoyev Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda. Shuningdek, kafe va restoranlar, savdo do‘konlari tashkil qilinadi. Havo musaffoligini ta'minlash maqsadida kashtan, qarag‘ay, yapon soforasi, magnoliya, eman, qayin kabi daraxtlar ekiladi. Istirohat bog‘i to‘liq modernizatsiya qilingach, bir kunda 10 ming kishigacha xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi. Bu aholining mazmunli hordiq chiqarishini ta'minlash bilan birga Toshkent shahrining turistik jozibadorligini ham oshiradi. Davlat rahbari istirohat bog‘ining yil davomida ishlashini ta'minlash, odamlar oilaviy dam olishi uchun keng imkoniyat yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Bog‘da Samarqand, Buxoro, Xiva kabi shaharlardagi qadimiy obidalar maketini o‘rnatib, yoshlar va sayyohlarning tarixga qiziqishini oshirish muhimligi ta'kidlandi. Shu yerda Toshkent shahri tumanlari hokimlari bilan muloqot bo‘ldi, deyiladi xabarda.
Manba: "kun.uz"
| |
|