Главная » 2020 » Ноябрь » 23 » Milliy gvardiya bozordagi to‘polon bo‘yicha izoh berdi
21:52

Milliy gvardiya bozordagi to‘polon bo‘yicha izoh berdi


Biroz avval ijtimoiy tarmoqda bir necha nafar Milliy gvardiya xodimlari yosh yigitga nisbatan kuch ishlatib, olib ketmoqchi bo‘lishayotgani, yon-atrofdagi odamlar esa bunga keskin norozilik bildirayotgani aks etgan lavha to‘g‘risida xabar bergandik. Milliy gvardiya ushbu holat bo‘yicha izoh berdi.

Joriy yilning 22-noyabr kuni Shayxontohur tumanidagi «Eski juva» dehqon bozori hududida jamoat tartibini saqlash yuzasidan xizmatga jalb qilingan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilariga bozorga xaridor sifatida kelgan fuqaro murojaat qilib, ushbu bozor hududida pirotexnika vositasi sotib olish uchun sotuvchiga 260 ming so‘m pul berganligini, lekin sotuvchi kelishilgan mahsulotlarni bermasdan, qochib ketganligi haqida shikoyat qilgan.

Ushbu holatni kuzatib turgan bir guruh shaxslar murojaat etgan fuqaroga nisbatan shu joyning o‘zida haqoratli so‘zlar ishlatib, o‘zlarining bu kabi xatti-harakatlari bilan pirotexnika vositasi sotuvchisi tarafdorlari ekanligini ayon qilishgan.

Vaziyatni yengillashtirish uchun Milliy gvardiya xodimlari tomonidan jabrlanuvchi fuqaroni bozor hududidan olib chiqib, holatga oydinlik kiritish maqsadida IIO tayanch punkti mas’ul xodimiga topshirilgan.

Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari bozor hududida janjal ko‘targan bir guruh fuqarolarni tartibga chaqirishga harakat qilganlar. Jamoat tartibi qoidalariga rioya qilmagan ushbu fuqarolardan biri Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, haqoratli so‘zlarini davom ettirib, atrofdagilar diqqatini o‘ziga jalb qilgan holda xizmat majburiyatini bajarayotgan harbiy xizmatchilardan biriga qo‘l ko‘targan.

Shu bois Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari ushbu fuqaroga nisbatan kuch ishlatishga majbur bo‘lib, o‘rnatilgan tartibda IIO tayanch punktiga olib borib topshirganlar.

O‘tkazilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu fuqaro Toshkent shahar Olmazor tumanida yashovchi U.I. ekanligi aniqlangan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda, deyiladi izohda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Milliy gvardiya, bozordagi, izoh berdi, to‘polon | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz