18:13 Milliy gvardiya xodimi niqobsiz haydovchini to‘xtatishga haqi bormi? | |
“Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlarini xususiy avtomobil haydovchisiga niqobini taqib yurishini talab qilishi qanchalik qonuniy? Mashinada haydovchi yolg‘iz o‘zi yoki uning oila a’zolari sayohat qilayotgan bo‘lishi mumkin-ku...” Ushbu masalaga Adliya vaziri matbuot kotibi Sevara O‘rinboyeva to‘xtalib o‘tdi. “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat protsessual hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida qonun qabul qilindi. Mana shu qonunga binoan niqobsiz yurgan shaxslarga nisbatan 1 mln so‘mdan ortiq jarima qo‘llaniladi. Har bir fuqaro qabul qilingan qonunlarga amal qilish kerak hamda karantin qoidalarida belgilangan tartiblarga rioya etishlari lozim”, dedi Sevara O‘rinboyeva.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|