Главная » 2020 » Апрель » 21 » Milliy jamoa futbolchilari qo‘yga o‘xshatilgani tanqid qilindi
17:45

Milliy jamoa futbolchilari qo‘yga o‘xshatilgani tanqid qilindi


«Maksimum» jamoasining konsertidan parcha: xalq nomidan deya e’lon qilingan qo‘shiq paytida sahnadagi ekranda O‘zbekiston Milliy terma jamoasi futbolchilari guyoki qo‘yga tasvirlanib, oldida sobiq bosh murabbiy Kuper qo‘yilgan.

Jurnalist Shahboz Beg‘amov mazkur holatni tanqid qilib, huquqiy chora ko‘rilishi lozimligini ta'kidladi.

«Kulgu yaxshi, kuldirish qiziqchilarning kasbiy vazifasi. Lekin hazil va kulgu bilan kamsitishni o‘rtasidagi farq farosat va farosatsizlik darajasidek katta.

O‘FAdan mazkur holatga kerakli munosabatni kutaman. Tashkilot huquqshunosi ishlashi kerak.

Milliy jamoamiz yaxshimi yoki yomonmi, baribir o‘zbek futbolining yuzi. Milliy jamoani ochiqchasiga kamsitishga kecha chiqqan «qiziqchi»larning qanchalik haqqi bor?

Butun omma oldida milliy jamoa imijini yer bilan yakson qilishga teng bu.

O‘FA jim qarab turishga haqqi yo‘q. Milliy terma jamoa ostida qanchadan-qancha futbolchilarimizning mehnati turibdi.

Umuman futbol jamoatchiligi uchun qattiq signal. Bunaqa saviyasiz chiqishlarga, muxlislarning ehtirosli izohlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sahnada foydalanadigan «qiziqchilar» bilan huquqiy gaplashish kerak. Etika, sahna odobi va madaniyati qani?»-, deya yozadi Beg‘amov.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: o‘xshatilgani, qo‘yga, tanqid qilindi, jamoa, futbolchilari, milliy | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz