Главная » 2017 » Март » 16 » ​Misr malikasining go`zallik borasidagi 5 siri
15:19

​Misr malikasining go`zallik borasidagi 5 siri


Misr malikasi Kleopatra chiroyli bo`lganmi, aqllimi? Agar unga qaysi nisbat birinchi berilishi kerak deyilsa, aqlli degan bo`lardim. Chunki u birinchi aqlini ishlatib, chiroyli bo`ldi, chiroyli bo`lib, so`ng Sezarli bo`ldi. U ixtiro qilgan “eleksir”lar hali hanuz uncha muncha Sezarlarning boshini aylantirib qo`yishi turgan gap.

1. Teringiz qarimasligi uchun bor-yo`g`i 200-300g dengiz tuzi va 1 stakan qaymoq kerak bo`ladi. Aralashmani barmoq uchidan boshlab badan, yuz, bo`yinlarga surtib chiqing. Natijada yuz terisi silliqlashadi, teshikchalari torayadi va mayin bo`ladi.

2. Uyoq-buyoqqa shoshib turganda salqigan yuzni tetiklashtirish va shishlarni yo`qotish kerak bo`lsa, 1l qaynoq suvga istalgan 100g tuz solib eritiladi. Sochiqni suvga botirib, salgina siqib olinadiyu, yuzga bosiladi. Suv yuz terisi chidasa bo`ladigan darajada issiq bo`lishi kerak. 2-3 marta takrorlanadi.

3. Yuzingiz hamisha tiniq bo`lishini istasangiz, vaqti-vaqti bilan tuz aralashgan niqoblardan foydalanishni kanda qilmang. 1 oshqoshiq smetana va tvorogni 1 choyqoshiq dengiz tuzi bilan yaxshilab aralashtiring. 5 daqiqa tindirgach, toza yuzga chorak soatga surtib qo`ying.

4. Shuningdek, har ertalab yarim stakan suvga 1 choyqoshiq osh tuzini solib, yuzni unga botirilgan sochiq bilan artib turish kerak.

5. Teng miqdorda asal va tuz aralashmasini yuz va badanga surtib, hammomda bug`lanishga kiradigan bo`lsangiz, tuz teridagi namlikni tortadi, butun organizm rohat qiladi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: borasidagi, 5 siri, ​Misr malikasi, gozallik | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz