Главная » 2020 » Февраль » 10 » Miyani yoshartiruvchi hujayralar aniqlandi
20:30

Miyani yoshartiruvchi hujayralar aniqlandi


AQShning Olbani tibbiyot kolledji olimlari, qariyatgan miyada to‘planadigan immun hujayralarining ma’lum turini topdilar, ularning faollashishi organizmning kognitiv qobiliyatini pasayishiga olib keladi. Ilmiy ish natijalari “Journal of Experimental Medicine” jurnalida e'lon qilindi.

Ta’kidlanishicha, ikkinchi guruh tug‘ma limfoid hujayralari (ILC2s) shifokorlarga miyaning qarishi bilan kurashishda yordam beradi. Ushbu hujayralar tananing ma’lum bir to‘qimalarida joylashgan va regenerativ jarayonlarda ishtirok etadilar, ammo olimlarning fikriga ko‘ra, markaziy asab tizimida ILC2s hujayralarining tarqalishi va ularning qarishga munosabati ilgari ma’lum emas edi.

Tadqiqot davomida ilmiy ish mualliflari yosh va qari sichqonlar miyasini tekshirishdi va ILC2s orqa miya suyuqligini ishlab chiqaradigan qon tomir bog‘lamida yosh o‘tishi bilan to‘planib borishini aniqladilar. U kognitiv jarayonlarda asosiy rol o‘ynaydigan gippokamp yonida joylashgan.

Qon tomir bog‘lamidagi ILC2s xo‘jayralari soni yosh kemiruvchilarga qaraganda qari kemiruvchilarda besh baravar ko‘p ekanligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, ILC2s hujayralari ko‘p miqdorda keksa odamlarning ham miyasining bu sohasida topilgan.

Qari sichqonlarda ILC2s hujayralari “uxlash holatida“ edi, ammo olimlar ularni sitokin interleykin 33 (IL-33) yordamida faollashtirishga muvaffaq bo‘lishdi, shundan so‘ng hujayralar neyronlarning paydo bo‘lishini rag‘batlantiradigan va umrini uzaytiradigan oqsillarni chiqara boshladilar. Natijada qari kemiruvchilarda bir qator kognitiv testlarning natijalari yaxshilandi. 

Avvalroq, Bostondagi Garvard tibbiyot maktabining tadqiqotchilari semirib ketish, gipertoniya, qonda shakar va xolesterolning yuqoriligi kabi anormalliklar bilan tavsiflangan metabolik sindrom o‘rta yoshdagi odamlarda miyaning erta qarishiga olib kelishi mumkinligini aniqladilar.


Manba: "sof.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz