Главная » 2016 » Декабрь » 15 » Moliya vaziri Rustam Azimov o‘rnini Botir Xo‘jaev egalladi
15:43

Moliya vaziri Rustam Azimov o‘rnini Botir Xo‘jaev egalladi


Bugun, 15 dekabr kuni Botir Xo‘jaev O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri etib tayinlandi. Bu haqda xabar qilayotgan ishonchli manbalarimizning ma’lumotlariga ko‘ra, Botir Xo‘jaev avval O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
 
Botir Xo‘jaevdan avval, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri lavozimida Rustam Sodiqovich Azimov faoliyat yuritgan.
 
Botir Xo‘jaev 1956 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Oliy ma’lumotli. 1979 yilda Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari institutini tamomlagan.
 
Mehnat faoliyati davomida Botir Xo‘jaev 1992 yildan 2000 yilgacha Toshkent shahar Chilonzor tumani hokimining birinchi o‘rinbosari, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat olib borgan.
 
2000-2002 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining raisi lavozimida ishlagan Botir Xo‘jaev 2004 yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.
 
2004-2005 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlar yig‘ma axborot-tahlil departamenti mudiri, 2005-2006 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-iqtisodiy siyosat masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi, 2006-2009 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri, 2009-2011 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari  - O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi lavozimlarida ishlagan.
 
2011 yil noyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining Makroiqtisodiy parametrlar, moliya-valyuta balansi va Respublika investisiya dasturlari masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
 
Ma’lumotlarga qaraganda, Rustam Sodiqovich Azimov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari lavozimida qolgan.

Durdona Rasulova

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: moliya vaziri | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz