21:19 “Mona Liza ish tashladi”. Luvr yopildi | |
Bugun, 17 yanvar kuni Parijdagi Luvr muzeyi pensiya islohotiga qarshi namoyishchilar kirish yo‘lini to‘sib qo‘ganligi sabab yopib qo‘yildi. Bu haqda Fransiya OAV xabar bermoqda. Muzeyning kirish qismida o‘nlab odamlar to‘plandi, ular orasida Luvr xodimlari ham bor. Ulardan ba’zilari: “Mona Liza ish tashlamoqda, Leonardo ish tashlamoqda”, shiorlari bilan chiqishgan. “Namoyishchilar Fransiya hukumatidan pensiya islohotidan voz kechishni talab qilishmoqda”, deyiladi xabarda. Fransiyada ushbu namoyishlar dekabr oyining boshidan boshlangan edi. Pensiya islohotining eng munozarali jihati Fransiyada pensiya yoshini 62 yoshdan 64 yoshgacha oshirish taklif qilinayotganidir. So‘nggi vaqtlardagi eng yirigi deb hisoblanayotgan bu namoyish Makronning universal pensiya tizimi bo‘yicha taklifiga qo‘shilmagan kasaba-uyushmalari bilan kelishilgan holda tashkillashtirilgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|