Главная » 2020 » Март » 8 » Moskvada karantin tartibini buzganlar 5 yilgacha qamalishi mumkin
22:26

Moskvada karantin tartibini buzganlar 5 yilgacha qamalishi mumkin


Avvalroq Moskva meri Sobyanin koronavirus tarqalishi sababli poytaxtda «yuqori darajadagi tayyorgarlik rejimi»ni joriy etishga buyruq bergandi.

Koronavirus tarqalgan mamlakatlardan kelganlar izolyatsiya tartibini buzadigan bo‘lsa 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Bu haqda Moskva sog‘liqni saqlash departamenti saytida ma'lum qilindi, deb yozadi Bi-bi-si.

Rossiyada o‘tgan sutka davomida koronavirusga chalinish bilan bog‘liq uchta holat qayd etildi, deb xabar beradi Interfaks. Rossiyada ushbu kasallikni yuqtirganlar soni 17 nafarga yetdi. Kasallik bilan bog‘liq yangi holatlar Moskva, Kaliningrad va Belgorod oblastlarida ro‘yxatga olingan.

Ma'lum qilinishicha, Rossiya hukumatining farmoyishi bilan, koronavirus infeksiyasi atrofdagilarga xavf soluvchi kasallik deb belgilangan, sanitariya-gigiyena choralarini buzish esa Rossiya jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jazolanishga olib keladi.

"Tartibga rioya qilinishi videokuzatuv yordamida nazorat qilinadi, tartibni buzgan fuqaro observatorga joylashtirilishi ko‘zda tutilgan", - deyiladi saytda.

Qayd etilishicha, bu qoida turistlar va Moskvada registratsiyadan o‘tmaganlarga ham taalluqli.

Qonunchilikning buzilishi javobgarlikka, jumladan 5 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilishga olib keladi.

Avvalroq Moskva meri Sobyanin koronavirus tarqalishi sababli poytaxtda "yuqori darajadagi tayyorgarlik rejimi"ni joriy etishga buyruq bergandi.

Saytda aytilishicha, Eron, Xitoy, Janubiy Koreya, Italiya, Fransiya, Germaniya va Ispaniyadan kelganlar maxsus telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilish orqali uydan chiqmasdan tibbiy varaqa olishlari mumkin.

Avvalroq Moskva ta'lim va fanlar departamenti 10 martdan e'tiboran koronavirus tarqalgan mamlakatlardan kelgan talabalar poytaxtdagi oliy ta'lim muassasalarida o‘qishga qo‘yilmasligi va ular o‘z turar joyida ikki haftalik karantinda bo‘lishi, masofadan turib ta'lim olishlari mumkinligini ma'lum qilgandi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz