21 noyabr kuni Moskva shahridagi Kadirov ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyda yashovchi oilada qotillik sodir bo‘ldi. Bu haqda “Ren.tv” nashri xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 21 yoshli ayol 30 yoshli erini rashk tufayli o‘ldirdi.
Jahl ustida ayol turmush o‘rtog‘ining ko‘kragiga pichoq sanchgan. Erkak esa voqea joyida vafot etgan.
Qo‘shnilarning aytishicha, bu oilada doimiy ravishda janjallar bo‘lib turgan va so‘nggi vaqtda ular birga yashamagan.
Hozirda qotillik yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Ayol hibsga olingan.