11:00 Moxito tarixi - hammasi qaroqchilardan boshlangan | |
Moxito Kubada ixtiro qilingan. Garchi ichimlik XX asrga kelib shuhrat qozongan bo‘lsa-da, moxitoning tarixi XVI asrdan boshlanadi va qaroqchi Frensis Dreyk bilan bog‘liqdir. 1586 yilda Frensis Dreyk o‘zining qaroqchilari bilan Gavanaga suzib keladi. Kema bortida ichburug‘ (dizenteriya) va singa kasalliklari tarqalganligi sabab, kapitan qirg‘oqqa mahalliy hindularning dori vositalarini olib kelishi uchun qayiq yuborishga qaror qiladi. Qayiqdagi qaroqchilar o‘zlari bilan rom (ichimlik), yalpiz, shakarqamish va sitrus mevalarini olib kelishadi. O‘sha paytlarda laym sharbati dizenteriya va singani davolovchi eng yaxshi vosita sanalgan.
Manba: "aniq.uz"
| |
|