Главная » 2017 » Январь » 15 » Muhabbat bobida o‘smirmisiz yoki «oqsoqol»?
08:57

Muhabbat bobida o‘smirmisiz yoki «oqsoqol»?


Ko‘pchiligimiz ishda yaxshi xodim, mas’uliyatli rahbar, umuman mustaqil shaxsmiz. Lekin munosabatlarda o‘zimizni huddi bola yoki o‘smirdek tutishimiz mumkin. Cevgi bobida yosh, doim ham hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lavermaydi. Lekin kishilarning o‘zini tutishiga qarab, tajribali yoki tajribasizga ajratish mumkin. Xo‘sh, munosabatlardagi yoshingizni bilasizmi? Marhamat, savollarimizga javob beringda, o‘zingiz haqingizda yanada ko‘proq bilib oling.

 

Yo‘riqnoma:

Agar savolga «Ha» deya javob bersangiz, belgilab qo‘ying. Agar fikrga qo‘shilmasangiz, keyingi savolga o‘tib ketaverasiz. «Yo‘q» yoki «Bilmayman» javoblari nol ballga teng.

Savollar:

Munosabatlarda murosaga kelishga qiynalaman, doim ham past ketgim kelmaydi.  

Uni o‘zgartirish istagidan allaqachon voz kechganman.

Muhabbat bor joyda, albatta, o‘zaro hurmat ham bo‘ladi.

Sevgan insonim meni hayron qoldirishga harakat qilmaydi.

Munosabatlarda ta’sirchanlikka o‘rin yo‘q.

Agar ehtiros bo‘lmasa, munosabatlar ham sovuqlashib boraveradi.

Samimiyat — mustahkam munosabatlarning asosiy omili.

Ko‘ngil berganim qo‘rquvlarimni yengishimga ko‘maklashishini istayman.

U hafsalamni pir qilganida o‘zimni bosishga qiynalsam-da, hech narsa demayman.  

Ikki kishilashib zerikish ham muhabbatning bir belgisi.

Uzoq yillik munosabatlar garovi — murosa.

Sevgi muhabbat, tuyјularning keskin o‘zgarishidan tez charchayman.

Nozik mavzulardagi suhbatlarga umuman toqatim yo‘q.

O‘zimning kuchli va ojiz tomonlarimni yaxshi bilaman.

Zarurat tuјilsa ko‘ngil qo‘yganimning ba’zi noxush odatlariga ko‘z yumish qo‘limdan keladi.

Muhabbat, aslida, hissiyotlarning kuchliligi va tuyјular po‘rtanasi.

Muhabbat va iztirob oldinma-ketin yuradi.

Juftim meni borimcha qabul qilishi kerak.

Juftimiz biz unga imkon berganimizcha bizni boshqaradi.

Agar u shaxsiy xududimni buzsa, kechirishim mushkul.  

 

Javoblar:

Agar 1, 3, 4, 12, 16, 17, 18, 20 savollarni tasdiqlasangiz har birini 1 balldan;

Agar 6, 8, 9, 14, 15, 19 savollarni tasdiqlagan bo‘lsangiz har birini 2 balldan;

Agar 2, 5, 7, 10, 11, 13 savollarni tasdiqlagan bo‘lsangiz har birini 3 balldan hisoblaysiz.

Oxirida hamma ballaringizni qo‘shib natijangizni o‘qing.

 

Natija:

8-16 ball: o‘smirlardek sevasiz

Huddi o‘smirlar kabi sevgan insoningizni ideallashtirishingiz mumkin. O‘ziga o‘xshamaydigan inson bilan muloqot qilish, yot tuyјularni tuyishga ehtiyojingiz bor. Qaltis qarorlar qabul qilish odatingiz esa chegaralarni tan olmasligingiz natijasidir. Ammo katta yoshdagi inson o‘zini o‘smirlardek tutishi birqancha tushunmovchiliklarini keltirib chiqaradi. Ko‘pincha ham ruhan yaqin insonni izlaysiz, ham o‘yin-kulgidan, yorqin taassurotlardan voz kechgingiz kelmaydi. Ehtimol, shunga uzoq muddatli va mustahkam munosabatlarni barpo etishingiz mushkuldir. Boshqalarni kamchiliklari bilan qabul qilishga qiynalasiz. Odatda o‘zgaruvchan fe’l atvoringizni o‘zingiz ham tushunmay qolasiz. Ayriliqni esa oјir o‘tkazasiz. Hatto, birinchi qadamni o‘zingiz tashlagan bo‘lsangiz-da.

Ustunligingiz: kamolotga intilasiz, jur’atlisiz.

Kamchiligingiz: o‘zgaruvchanligingiz, his-tuyјuga beriluvchansiz, chegaralarni tan olmasligingiz ba’zida pand berishi mumkin.

Muvozanatga erishish uchun: ko‘ngil qo‘yganim hamma talablarimga javob berishi shart, umuman talab va ehtiyojlarimni atrofdagilar qondirishlari lozim degan shartlaringizdan voz kechishga harakat qiling. O‘z istaklaringizni o‘zingiz amalga oshirishni o‘rganing.

17-25 ball: kattalarday sevasiz

Ishonchli va mustahkam munosabatlaringiz asosida har kimning o‘z hududi borligini tan olishingiz yotadi. Ruhiy o‘sish o‘zingiz va yaqinlaringizga qo‘ygan chegaralaringizni tushunish bilan nomoyon bo‘ladi. Shuningdek inson o‘zgaruvchan mavjudot ekanligini tushunish va o‘zingiz ham o‘zgara olishingizni qabul qilishingiz lozim. Muloqot jarayonida bemalol «Men», «Yo‘q» so‘zlarini qo‘llay olasiz, o‘z ehtiyojlaringizni o‘zingiz qondirish uchun harakat qilasiz. Agar munosabatlarda o‘zaro hurmat va ishonchni ko‘rmasangiz ularga yakun yasash ham qo‘lingizdan keladi. Kattalarga xos munosabtalarning asosida muloqot yotadi. Muloqotda esa ixtilof va tushunmovchiliklar ham kuzatilishini unutmang.   

Ustunligingiz: samimiylik, voqea-hodisalarga teran nazar bilan boqish va atrofdagilarga hayrixohlik yaqqol ustunligingizdir.

Kamchiligingiz: ko‘ngil amriga emas, aqlga quloq tutishingiz natijasida ruhiy ehtiyojlaringiz ehtiyojligicha qolib ketishi mumkin.  

Muvozanatga erishish uchun: har qanday muvozanat ham kuni kelib buzilishi mumkinligini yodda saqlang. Mas’uliyat va bir birini tushunish degani tuyјular doim ham munosabatlarning davomiyligini ta’minlay olmaydi. Fikrlar xilma-xilligi va bir chimdimgina rashk munosabatlaringizni raјbatlantiruvchi omil bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

26-37 ball: munosabatlar bobida «oqsoqol»siz!  

Siz uchun asosiysi hamfikrlilik va o‘zaro muvofiqlik. Hayot sinovlari va tajriba, baribir, o‘z so‘zini aytadi-da. Yoningizdagi insonni tushunish, qo‘llab quvvatlash va unga јamxo‘rlik qilishni uning e’tiborini qozonishdan ko‘ra ustun sanaysiz. Siz uchun zafar qozonish emas, muammoning umumiy yechimini topish muhimroq. Avvallari o‘zingiz zerikarli deb o‘ylagan bir xillikni endi munosabatlardagi turјunlik deya qabul qila boshladingiz.

Ustunligingingiz: qo‘li va ko‘ngli birdek ochiq insonsiz.

Kamchiligingiz: haddan tashqari fidokorlik, birgina maqsad atrofida aylanib qolish, munosabatlarga yangilik kitirishni istamaslik.

Muvozanatni saqlash uchun: o‘ziga xosligingizni yo‘qotmang, biroz sirliroq bo‘ling. Yoringizning istaklarini o‘z xohishlaringizdan ustun qo‘ymang. Boshqa kishilar bilan muloqotingizni jonlantirish orqali juftingizni o‘z muammolaringiz bilan bezdirishdan yiroqda bo‘lasiz. Munosabatlaringizda erkinlik yuzaga keladi.

MAFTUNA tayyorladi. 


Manba: "darakchi.uz"

Eslatib o‘tamiz, xar yakshanba muxlislar kuni bo‘lib, o‘z muammo yoki ko‘ngil kechinmalari bilan bo‘lishib, keng omma bilan xal qilishga imkoniyatingiz bor.
tarona.net@bk.ru pochtasiga voqea yoki muammoingizni yozib yuborishingiz yoki @tarona_tv manziliga telegramdan voqeangizni yuborishingiz mumkin.
Bunda sizni telefon raqamingiz ko‘rinmasligi va sizni voqeangiz anonim tarzda chop etilishiga kafolat!
Diqqat! Saytga chop etilib bo‘lingan maktub keyin talabga binoan olib tashlanilmaydi!
Voqeangiz sayt orqali keng ommaga chiqishi va xalqdan turli maslaxatlar bo‘lishini bilib turib jo‘natdingizmi, o‘zingiz kutmagan va yoqtirmagan maslaxatni olib keyin olib tashlang deyish mantiqsiz!
Категория: Sevgi dunyosi | | Теги: sevgi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz