21:27 Murod Nazarov qamab qo‘yildimi? | |
Murod Nazarov Facebook'dagi sahifasida sport bilan shug‘ullanayotgandagi suratini joylab, o‘zining hibsga olingani haqidagi xabarlarni shunday izohlagan:“Kimdir hibsga olinganimni, kimdir biznesim yoki oilam haqida yozmoqda... Odamlar ko‘rmoqchi bo‘lgan narsasini ko‘radi, eshitishni xohlagan narsasini eshitadi va ishonishni xohlagan narsaga ishonadi va o‘ziga yoqmagan narsaga ishonishdan bosh tortadi. Mening ishlarim juda yaxshi. Men tirik va sog‘lomman, energiya va pozitivlikka to‘laman. Har daqiqada men oilaviy muhitdan va ishimdan zavqlanaman. Chunki qalbimda muhabbat, boshimda esa faqat yaxshi o‘ylar va baxtli, tinch, go‘zal kelajak bor!”, deya turli xabarlarni inkor qilgan tadbirkor. Qayd etish kerakki, Murod Nazarovning hibsga olinib, tergov tortilgani haqidagi xabarlar birinchi marta tarqalayotgani yo‘q. 2019 yilda ham Murod Nazarov tergovga tortilgani haqida xabarlar tarqalgandi. O‘shanda ham tadbirkorning o‘zi bu xabarlarni inkor qilib, shunday degandi:
Shu bilan birga O‘zbekiston Bosh prokuraturasi ham Murod Nazarov yoki uning shirkatiga nisbatan hech qanday tergov harakati olib borilmayotganini ma’lum qilgan.
Manba: "daryo.uz"
| |
|