16:05 «Murodboy» va uning sheriklari sud zalida qo‘llarini kesishdi | |
Ijtimoiy tarmoqlarda sud zalidagi sudlanuvchilar kabinasida bir nechta kishining bilak tomirlari kesilgani, kabina oynasi va devorlariga qon bilan turli yozuvlar yozilgani aks etgan videolar tarqaldi. Videolardagi ushbu shaxslar chinozlik Ahmadboyning yordamchisi, xalq orasida «Murodboy» nomi bilan tanilgan Mirzamurod Yunusaliyev va uning jinoiy sheriklari ekani aytiladi. Holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi rasmiy munosabat bildirdi. Qayd etilishicha, hodisa 2021 yil 25 may kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l shahar sudida sodir bo‘lgan. Joriy yilning 25 may kuni O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi «v» bandi va boshqa moddalarida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etgani uchun ozodlikdan mahrum etilgan va ayni vaqtda 1-son Tergov hibsxonasida saqlanayotgan mahbuslar:
Sud jarayoni davomida soat 15:30 larda, M.Yunusaliyev, G‘.Murodjonov va A.Qudratovlar sud tomonidan qo‘yilgan ayblovlardan noroziliklarini bildirib, qo‘llaridagi lezviya bo‘laklari bilan o‘zlariga o‘zlari tan jarohat yetkazgan, turli noo‘rin talablarni qo‘yib, IIO xodimlarini qonuniy talablarni bajarmagsudan. Maxbuslarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan va ular shu kuni soat 20:00 larda 1-son Tergov hibsxonasiga olib borib topshirilgan, deyiladi IIV axborot xizmati xabarida.
Manba: "xabar.uz"
| |
|