23:12 Mutaxassis makkajo‘xorining foydali xususiyatlarini ma’lum qildi | |
Endokrinolog-diyetolog Tatyana Bocharova makkajo‘xorining foydali xususiyatlarini sanab o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kattalar kuniga ikkita makkajo‘xori so‘tasini yeyishi mumkin. Bu taxminan 200 gramm mahsulot demakdir. Bolalarning esa bir kunda 100 gramm makkajo‘xori yeyishi tavsiya etiladi.
Vazn yo‘qotishga yordam beradi Makkajo‘xorining 100 grammida atigi 90 kaloriya, yog‘siz iste’mol qilinganida esa taxminan ikki gramm yog‘ bor.
Bosimni pasaytiradi Makkajo‘xorida mavjud bo‘lgan B3 vitamini qon aylanishiga ta’sir qiladi va qon tomirlarini kengaytiradi, shu tariqa qon bosimini pasaytiradi.
Qarishni sekinlashtiradi Makkajo‘xori tarkibida karatinoid bor. Bu qarish va yallig‘lanishga “xalaqit beradigan” antioksidant.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|