Главная » 2017 » Сентябрь » 1 » Muvaffaqiyat qozonishingizga xalal beruvchi 3 qo‘rquv
21:26

Muvaffaqiyat qozonishingizga xalal beruvchi 3 qo‘rquv


1. Oldingizga qo‘ygan maqsadingizga erishishda sizga xalal beruvchi qo‘rquvlarni yengish juda muhim. Noma’lumlikdan qo‘rqish

Miya bizni xavfdan himoya qilish maqsadida o‘zimizga qulay bo‘lgan holatdan chiqishimizga yo‘l bermaydi. Aynan shuning uchun biz noma’lumlikdan qo‘rqamiz va unga qarshilik ko‘rsatamiz.

Lekin hech kim bir joyda o‘tirib va hech narsa qilmasdan muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Buning uchun harakat qilish kerak. Ko‘p yurilgan yo‘llardan yurmang. Bir joyda qolib ketish qo‘rqinchli, oldinga qarab harakat qilish va biron-bir yangi narsa bilan to‘qnash kelish — bu qiziqarli. Hayot sizga taqdim qilganlaridan foydalaning. Bu sizga yangi imkoniyatlarni ochadi.

2. Omadsizlikdan qo‘rqish

Bu odamlar joyidan qo‘zg‘ala olmasliklarining asosiy sabablaridan biri. Biz bu yo‘lda o‘zimizda borini ham yo‘qotishdan qo‘rqamiz. Bizni doim to‘xtatib turuvchi siyqasi chiqqan «Agar… bo‘lsa-chi?» degan savollarga berilamiz: Agar men u kabi bo‘lolmasam-chi? Agar urinish muvaffaqiyatsiz bo‘lsa-chi? Hammasidan ajralib qolsam-chi?

Omadsizlik — bu muvaffaqiyatga olib boruvchi pillapoyalarning navbatdagi pog‘onasi hisoblanadi. Va siz undan qochib qutulishingiz amri mahol. Lekin siz sanoqsiz imkoniyatlarni qo‘ldan chiqaraversangiz, unda o‘zingiz har doim orzu qilgandek inson bo‘la olmaysiz. Shuning uchun ularni majburiyatdek emas balki yangi tajriba va bilimlar olish imkoniyatlari deb qabul qiling.

3. Muvaffaqiyatdan qo‘rqish

Bu biroz g‘alati eshitilishi mumkin, lekin ba’zi odamlar aynan shundan qo‘rqishadi. Ba’zan biz qaysidir vazifalarni bajara olishimizni bilsak ham baribir uni qilmaymiz. Bunga sabab muvaffaqiyatlarimiz haqida boshqalarning nima deb o‘ylashi bizni bezovta qiladi. Oiladagilar yoki do‘stlar bizdan ma’lum bir harakatlar va natijalar kutishadi. Shuning uchun ularning ishonchlarini oqlay olmaslik va pand berib qo‘yishdan qo‘rqish hissi paydo bo‘ladi.

Atrofdagilar tomonidan qilinayotgan bosim haqida o‘ylamang. Va diqqat markazida bo‘lishdan qo‘rqmang, faqat shundagina siz ko‘zlagan maqsadlaringizga erisha olasiz.

Manba: “Refnews.ru”

 


Manba: "daryo.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: muvaffaqiyat, beruvchi, qozonishingizga, xalal, qo‘rquv | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz