Главная » 2018 » Январь » 10 » Muvaffaqiyatli bo‘lishga yordam beruvchi 7 odat
22:54

Muvaffaqiyatli bo‘lishga yordam beruvchi 7 odat


Hamma narsaga har xil nuqtai nazar bilan qarasangiz maqsadingizga o‘ylaganingizdan ko‘ra tezroq erisha olishingiz mumkinligini tushunasiz.

Ehtirosli maqsadlar qo‘ying

Agar maqsadlar:

ichki turtkiga asoslangan bo‘lsa,

juda murakkab bo‘lsa (aks holda ular ruhlantirmaydi),

vaqti chegaralangan bo‘lsa (dedlayn sun’iy cheklovni olib tashlashga va ijodiy o‘ylashga majbur qiladi),

ularga erishish osonroq bo‘ladi

Biz nimani xohlasak, shunga ega bo‘lamiz. Agar siz hayotingizda yuksalishlar yo‘qligini tushuntirishga sabab va bahonalar topishni ma’qul ko‘rsangiz, unda hozirgi ahvolingiz o‘zingizni qoniqtirishini tan oling.

Ongingizni oldindan dasturlashtiring

Uxlashdan oldin maqsadlaringizni tasavvur qilishga va hatto ovoz chiqarib aytishga harakat qiling. Tasavvur qilish hissiy tajriba olishga yordam beradi. Siz maqsadga erishish qanday bo‘lishini his qilishingiz kerak.

Agar siz o‘z fikringizni shunga moslasangiz, kun davomida sizda maqsadingizga bog‘liq fikr va g‘oyalar paydo bo‘ladi. Ularni albatta belgilab qo‘ying va darrov foydalanishga harakat qiling.

Yangi sharoitlarda o‘rganing va ishlang

Sizning ishlash sharoitingiz boshqa ko‘pchilik sohalardagi faoliyatingiz sharoitidan farq qilsagina siz kutilmagan xulosalar qilishingiz, turli sohalardagi g‘oyalarni birlashtira olishingiz mumkin.

Qiziquvchan bo‘ling. Unchalik ma’lum bo‘lmagan manbalarni izlang, boshqa hech kim o‘rganmagan narsalarni o‘rganing. Shundagina sizning mehnatlaringiz boshqalar uchun haqiqatan ham qimmatli bo‘ladi.

Muvaffaqiyatga erishganlarning natijalariga emas, balki jarayoniga e’tibor bering

Agar siz biron-bir sohada takomillashmoqchi bo‘lsangiz, shu sohada muvaffaqiyat qozongan kishilarni kuzating. Lekin e’tiboringizni ular mehnatining natijalariga emas, balki ular aynan nima qilishiga va qanday bajarishiga qarating.

Muvaffaqiyatli odamlarning ish uslubini o‘rganishda, hammasini mayda-chuydasigacha takrorlamaslikka harakat qiling.

Tajribalardan o‘rganing

Biron bir narsani ish jarayonida o‘rganish yaxshiroq. Bunday yondashish kontekstli-yo‘naltirilgan ta’lim olish deyiladi. Uning asosiy qoidalari quyidagicha:

mohiyatni eng oddiy shaklda o‘rganing;

bu oddiy bilimlardan real vaziyatlarda foydalaning;

maslahat va teskari aloqa olishga harakat qiling;

berilgan tanqidni tajribada qo‘llang;

yana teskari aloqa oling;

mohirlikka erishmaguncha takrorlayvering.

Boshida e’tiboringizni sifatiga emas, balki soniga qarating

Son — bu sifatga olib boradigan yo‘l. Qancha ko‘proq ishlab chiqarsangiz, sizda shuncha ko‘proq g‘oyalar paydo bo‘ladi.  Va ularning ba’zilari o‘ziga xos va yangicha bo‘lib chiqishi mumkin.

Manba: “Layfxaker”


Manba: "daryo.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: Muvaffaqiyatli bo‘lish | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz