Главная » 2016 » Декабрь » 21 » My.gov.uz’da yangi xizmat ishga tushdi
15:17

My.gov.uz’da yangi xizmat ishga tushdi


Yagona interaktiv Davlat xizmatlari portalida O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga obektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga ruhsatnoma olish uchun elektron ariza yuborish yangi xizmati ishga tushirildi.

Arizani ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 9 martdagi “Shaharsozlik faoliyati va qishloq xo‘jaligidan boshqa ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berishning, bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni (fasadini ta’mirlashni) kelishishning, shuningdek obektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga, turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazishga ruxsatnomalar berishning umumiy belgilangan tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 70-sonli qaroriga ko‘ra ruxsatnoma berishga quyidagi miqdorda mablag’ undiriladi: eng kam oylik ish haqining 10% - Nukus shahri va viloyat markazlari uchun; eng kam oylik ish haqining 20% - Toshkent shahri uchun; eng kam oylik ish haqining 30% - viloyatning shahar va tuman hududlari uchun.

Xizmat natijasi bo‘lib, 6 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda obektni ixtisoslashtirish va qayta rekonstruksiya qilishga ruxsatnoma olish haqida arizachiga xabarnoma yuborish hisoblanadi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: my.gov.uz, Yagona interaktiv Davlat xizmatlari, yangi xizmat | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz