10:04 MYuning sobiq direktori klubni sotib olishga tayyorlanmoqda | |
Xabarga ko‘ra, tadbirkor 1989 yilda "Manchester Yunayted"ni 20 million funt sterling evaziga sotib olishga urinib ko‘rgan va taklif muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Shundan so‘ng, Nayton “Manchester Yunayted” bosh direktori lavozimida faoliyat olib borgan. "Klub inqirozga yuz tutdi va barchamiz sababini bilamiz. Klubning futbolni “zo‘r” tushunadigan va aqlbovar qilmas foydasiz egalari bor. Klubga yangi ega kerakligini hamma biladi. Men buni amalga oshirmoqchiman. Shuningdek, jamoani yaxshi moliyaviy ustun bilan taʼminlayman. Men jamoaning hozirgi egalariga qonuniy va tijoriy jihatdan ideal taklif tayyorlayapman, chunki ularning vaqti tugadi", deydi Nayton “Man Utd The Religion”ga bergan intervyusida. Maʼlumot uchun, "Manchester Yunayted" klubining 98 foiz aksiyalari AQShning Gleyzerlar oilasiga tegishli. Qayd etish kerakki, "qizil iblislar" muxlislari doimiy ravishda klub egalarining siyosatidan norozilik bildirishgan. Maʼlumot uchun, “Manchester Yunayted” Premer liganing yangi mavsumini “Braytor”ga qarshi uchrashuvda mag‘lubiyat bilan boshladi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|