11:06 Nahotki! Koronavirusdan keyin insoniyat ikki dahshatli muammoga duch keladi | |
Koronavirus pandemiyasidan so‘ng insoniyat ikkita global muammoni - yadroviy urush va global isish xavfini hal qilishi kerak bo‘ladi. Ushbu fikrni amerikalik publisist va faylasuf Noam Xomskiy bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi jiddiy oqibatlarga olib keladi, ammo insoniyat duch keladigan yana ikkita muhim tahdid bilan solishtirganda, bu inqiroz vaqtinchalik bo‘ladi. 91 yoshli faylasufning so‘zlariga ko‘ra, ular tarixdagi hamma narsadan ham battarroqdir. “Birinchisi - yadroviy urush tahdidining kuchayishi, ikkinchisi - global isish xavfi. Koronavirus dahshatli oqibatlarga olib kelishi mumkin, ammo tiklanish boshlanadi. Ammo agar boshqa ikkita tahdidning oldi olinmasa, bu bizning yakunimiz bo‘ladi”, - deya ta’kidladi Xomskiy. Ekspertning fikriga ko‘ra, koronavirusni yengish uchun mamlakatlarda "harbiy safarbarlik" bo‘lishi kerak. Biroq, inqirozni yengib chiqqandan so‘ng o‘ta avtoritar davlatlar paydo bo‘ladi yoki insonparvarlik sharoitlariga ega jamiyatni tubdan qayta qurish boshlanadi, bunda inson ehtiyojlari birinchi o‘ringa chiqadi. Shu bilan birga, uning fikriga ko‘ra, AQSh sanksiyalar bo‘yicha boshqa mamlakatlarni ortidan ergashtiradigan yagona mamlakat bo‘ladi. U hozirgi kunda AQSh sanksiyalaridan aziyat chekayotgan Eron va Kubani misol qilib keltirdi. Ammo Germaniya koronavirus bilan bog‘liq vaziyatda Gresiyaga yordam bera olmagan bir paytda, Kuba Yevropaga yordam bermoqda. Xomskiy "G‘arbdagi sivilizasiya inqirozi dahshatli" bo‘ladi degan xulosaga keldi.
Manba: "aniq.uz"
| |
|