11:17 Namangandagi bog‘chada tilini chaynab yuborgan 5 yashar bola vafot etdi | |
Qayd etilishicha, 2017 yilda tug‘ilgan A.SH. joriy yilning 1 avgust kuni ertalab MTTga qabul qilingan. Taʼlimiy faoliyatga yaxshi qatnashgan. Kun tartibiga ko‘ra tushlik qilgan va gigiyena qoidalariga amal qilgach barcha tarbiyalanuvchilar qatori uxlashga yotgan. Tarbiyachi uyqudan uyg‘onish vaqti bo‘lganda avval qiz bolalarni, so‘ngra o‘g‘il bolalarni hojatga olib chiqish uchun uyqudan uyg‘otgan. Lekin bola boshini ko‘targan va yana yotib olgan. Qizlarni hojatdan olib kelib A.Sh.ni uyg‘otgan. Shunda bola tilini chaynab yuborganligini ko‘rgan va zudlik bilan hamshirani oldiga birinchi yordam ko‘rsatish uchun ko‘tarib olib chiqqan. MTT hamshirasi bolaga birinchi tibbiy yordamni qilib zaruriy muolajalarni amalga oshirgan va tez tibbiy yordamga xabar berilgan. Tibbiyot xodimlarining harakatlariga qaramay bola vafot etgan. O‘lim haqidagi maʼlumotnomaga asosan J22 Quyi nafas yo‘llarining aniqlanmagan o‘tkir respirator infeksiyasi; J81 O‘pka shishishi o‘lim sababi etib ko‘rsatilgan. Ushbu holat yuzasidan kecha, 2 avgust kuni viloyat Maktabgacha taʼlim boshqarmasi tezkor guruhi tomonidan dastlabki o‘rganish o‘tkazilgan hamda tegishli maʼlumotlar va hujjatlar to‘plangan. Hozirda holat yuzasidan tergov ishlari amalga oshirilmoqda. Tergov natijalari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot beriladi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|