10:10 Nargiza Salmonovaning muxlislaridan biri u tufayli oilasi bilan ajrashganini ma’lum qildi | |
Aktrisa Nargiza Salmonova jurnalist Jasur Hamroyev bilan suhbatda noodatiy sevgi izhori yo‘llagan muxlislari haqida so‘zlab berdi. Xususan, ana shunday sevgi izhorlaridan biri uni biroz tushkun ahvolga solib qo‘yganini ma’lum qildi. “Uning yozishicha, judayam ashaddiy muxlisim emish va sizni deb oilam bilan ajrashdim. ‘Sevgini chiqarganga ming la’nat, deb yozdi’,muxlislarimdan biri. Men ijtimoiy tarmoqlar orqali yozilgan bu sevgi izhoridan biroz tushkunlikka tushdim. Internetda hamma narsa bo‘lishi mumkin, balki bu yolg‘ondir. Shunday bo‘lsa-da, bu holat menga qattiq ta’sir ko‘rsatdi, deydi Nargiza Salmonova”.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|