22:14 Narimon Grigoryanni o‘ldirishda gumon qilinayotgan shaxs qamoqqa olindi | |
Prokuratura qo‘lga olingan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) moddasi bilan ayb e’lon qilgan. “Tergov yakuni bo‘yicha batafsil axborot beriladi”, — deyiladi prokuratura axborotida. Avvalroq, 14-yanvar kuni Narimon Grigoryan o‘zi ijarada yashaydigan uyda o‘ldirib ketilgani haqida xabar berilgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, uning murdasi uyda uch kun qolib ketgan.
Manba: "daryo.uz"
| |
|