21:09 National Geographic Yerda beshinchi okean borligini tan oldi | |
National Geographic 8 iyun — Jahon okeanlari kunida beshinchi — Janubiy okean mavjudligini tan oldi. Endi u National Geographic xaritalariga tushirilishi aytildi.
National Geographic kartograflari 1915 yilda, jamiyat xaritalar yaratishni boshlaganidan beri Yerdagi to‘rtta okeanni — Atlantika, Tinch, Hind va Shimoliy Muz okeanlarini hisobga qo‘shar edi. Tarixiy jihatdan janubiy materikni o‘rab turgan suvlar Atlantika, Tinch va Hind okeanlarining kengayishi sifatida qaralardi. 1937 yilda Xalqaro gidrografik tashkiloti Janubiy okeanni tan olgan, ammo 1953 yilda ilmiy jamoatchilikning bosimi ostida bu qarorini bekor qilgan. Ma’lumot o‘rnida, Janubiy okeanni dastlab golland geografi B. Varenius 1650 yilda mustaqil okean sifatida ajratgan. National Geographic bu 130 yillik ilmiy, tabiat, madaniyat, tarix va kashfiyotlarga bag‘ishlangan notijorat tadqiqot va ta’lim tashkilotidir.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|