09:08 Neft yana arzonlashdi | |
Jahon neft narxi arzonlashishda davom etmoqda. Bunga bozor ishtirokchilarining AQShda neft qazib olish hajmi oshishi sababli vujudga kelgan xavotirlari asos bo‘lmoqda. Ular jahon miqyosida "qora oltin" xom ashyosi miqdori ko‘payib ketishidan xavfsirashmoqda. Jumladan, Brent navli neft narxi 2016 yil 30 noyabridan beri ilk marotaba bir barreli 47 dollardan arzonlashdi. Savdo natjalariga ko‘ra, iyul oyi uchun Shimoliy dengiz neft aralashmasi fyuchers savdolarida Brent narxi 3,16 foizga arzonlashib, 46,85 dollardan sotilgan. WTI neftining iyun oyi fyucherslari 2,75 foizga arzonlashgan va barreli 44,27 dollardan hisoblangan. AQSh energetika vazirligi ma’lumotlariga qaraganda, mamlakatdagi tijoriy neft zaxirasi 0,9 million barrelga kamayib, 527,8 million barrelni tashkil etmoqda.
Manba: "kun.uz"
| |
|