23:34 Nega boshda shovqin paydo bo‘ladi? | |
Boshdagi shovqin — tashqi dunyo bilan bog‘liq bo‘lmagan noxush holat. Ushbu alomat odamning kundalik faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Stress Ko‘pincha ruhiy kechinmalar, qattiq qo‘rqish yoki xavotir tufayli chakka mushaklari zo‘riqadi. Bu mushaklarning ezilishi eshitish kanalidagi tomirlarning siqilishiga olib keladi. Natijada boshda shovqin hissini keltirib chiqaradi. Osteoxondroz Ushbu kasallikda ba’zan miyaning eshitish bo‘limidagi nervlar siqilib qoladi. Bu odatda uyqu paytida noqulay holatda yotganda yuz beradi. Agar boshdagi guvullash osteoxondroz bilan bog‘liq bo‘lsa, u holda tik turganda kamayishi yoki umuman yo‘qolishi kerak. Oltingugurtli tiqin Oltingugurtli tiqin odatda faqat bitta quloqda paydo bo‘ladi. Quloqdagi shovqindan tashqari bosh aylanishi, harakat koordinatsiyalari buzilishi kuzatilishi mumkin. Koxlear nevrit Bu eshitish nervining shikastlanishi bo‘lib, u keyinchalik karlikka olib keladi. Asosiy alomatlaridan biri — quloqlardagi shovqin. Ba’zan bu holat bosh aylanishi va ko‘ngil aynish bilan birga kechadi. Vegetativ qon tomirlar distoniyasi Vegetativ qon tomirlar distoniyasida qon tomirlar tonusining tartibi izdan chiqadi, ustiga-ustak, bosim ham pasayadi. Bunday holat quloqlarda bir tekis yoki pulsatsiya beruvchi shovqinni yuzaga keltiradi, ba’zan bosh aylanishi va koordinatsiyaning buzilishi bilan birga kechadi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|