Главная » 2018 » Июль » 17 » Nega bu yil OTMlarga kam hujjat topshirildi?
18:40

Nega bu yil OTMlarga kam hujjat topshirildi?


Kecha, 15 iyul kuni respublikamiz Oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirish jarayoni yakunlandi.

Bu yil qancha abiturient o‘qishga kirish istagini bildirgan? Qaysi Oliy ta’lim muassasasiga eng ko‘p hujjat topshirildi? «O‘zA» muxbirining bu savollariga Davlat test markazi axborot xizmati rahbari Orziqul Boboyev shunday javob berdi:

— Bu yil 60 ta Oliy Ta’lim muassasasi va uning 19 ta filialiga 675 mingdan ortiq abiturient hujjat topshirgan. Bu o‘tgan yilgiga qaraganda 54 mingga kam. Bu kechki va sirtqi bo‘limlarning ochilishi bilan izohlanadi. Tanlov ko‘rsatkichi bir o‘ringa 8.3 ni tashkil etdi. O‘tgan yili bu raqam 10.9 ni tashkil etgan edi. Eng ko‘p hujjatlar Qarshi davlat universitetiga topshirilgan. Unga bu yil abiturientlardan 30 ming 987 ta ariza qabul qilingan, keyingi o‘rinda Samarqand davlat universiteti bo‘lib, unga 28 ming 770 nafar, shuningdek Farg‘ona davlat universitetiga 27 mingdan ortiq abiturient hujjat topshirgan. Eng ko‘p konkurs Toshkent tibbiyot akademiyasining Farg‘ona filialida bo‘ldi. Bu yerda bir o‘ringa kurashayotgan abiturientlar ko‘rsatkichi 23,2 ni tashkil etdi. O‘tgan yili ham ayni shu universitetda eng kuchli raqobat kuzatilgan. Shuningdek, Andijon mashinasozlik instituti, Toshkent Davlat Texnika universitetining Termiz filialida raqobat kuchli.

Bu yil testlarni shaffofligini ta’minlash maqsadida oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalaridan 4 ming 500 nafardan ortiq pedagog va rahbar kadrlar jalb etiladi. Ayni paytda ularni saralash ishlari ketmoqda. Joriy yilda 60 ta binoda test sinovlari o‘tkaziladi. Guruhlar soni 1063 tani tashkil etmoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: test sinovlari, DTM | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz