22:35 Nega issiq havoda issiq choy ichish kerak? | |
Issiq havoda sovushni xohlaganimizda muzdek mineral suv, muzqaymoq, muz solingan ichimliklar haqida o‘ylaymiz, biroq issiq choy haqida emas. Ammo nega issiq havoda issiq choy ichish lozim? Aslini olganda, issiq ichimliklar tezroq sovushimizga yordam berarkan. Qanday qilib? Kembrij universitetidan Piter MakNoton ushbu hodisaga quyidagicha izoh beradi: ko‘pchilik biologiya fani orqali bilganidek – tilimizda va og‘zimizda tashqaridan axborot oladigan maxsus retseptorlar bor. Ular juda ko‘p, ba’zilari issiqni his qilishga javob beradi, deydi “”. Biror issiq narsa yeganingizda yoki ichganingizda, retseptorlar miyaga og‘izda “issiqlik” borligi haqida xabar beradi. O‘z navbatida sovush mexanizmi ishga tushadi va terlash kerakligi signali paydo bo‘ladi. To‘g‘ri, issiq choy ichganimizda isiymiz, ammo ayni vaqtda ichki sovush tizimi tufayli tezroq sovuymiz ham. Qizig‘i, retseptorlar qalampirning achchiqligiga ham shunday reaksiya ko‘rsatadi va isiganimizni his qilamiz. Shuning uchun ham issiq o‘lkalarda qalampir juda mashhur. Shunchaki u terlashga majbur qiladi va tana harorati pasayishining boshqa mexanizmlarini ishga tushiradi.
Manba: "aniq.uz"
| |
|