Главная » 2020 » Апрель » 9 » Nega yangi viruslar paydo bo‘lmoqda?
15:49

Nega yangi viruslar paydo bo‘lmoqda?


Insoniyat faoliyati ortidan atrof-muhitning o‘zgarishga uchrashi yangi viruslarning paydo bo‘lishiga turki bo‘layotganini olimlar aniqlashdi, deb xabar bermoqda «RIA Novosti».

Bu yerda gap insonga moslashgan viruslar xususida boryapti. Olimlar bu viruslarni tahlil qilish davomida eng ko‘p xavf tug‘diruvchi uch xil jonivorlar toifasini belgilashdi.

1. Uy hayvonlari. Epidemiya uy hayvonlari orqali eng ko‘p tarqaydi. Bu jonivorlar yovvoyi tabiatda yashovchilariga qaraganda viruslarni odam bilan sakkiz barvar ko‘proq bo‘lishadi.

2. Inson faoliyatiga moslashgan yovvoyi hayvonlar. Urbanizatsiya sayyoramizda hayvonot olami xilma-xilligini kamaytirgani bilan, ayrim turlar yangi muhitga boshqalariga nisbatan ancha moslashib ketgan. Ba’zi xil kemiruvchilar (masalan, sichqon va kalamushlar), ko‘rshapalaklar va maymunlar bunga misoldir.

3. Ov qilish, savdosi bilan shug‘ullanish va yashash muhit sifati pasayib ketgani bois qirilib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi hayvonlar. Tadqiqotlar boshqa sabablar oqibatida populyasiyasi qisqarib borayotgan jonivorlarga qaraganda, ayni shu toifa hayvonlar zooz viruslarni ikki hissa ko‘p tashishini ko‘rsatmoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz