15:57 Niderland olimlari koronavirusga antiorganizm topdilar | |
Gollandiyalik olimlar birinchi marotaba COVID-19 koronavirusi keltirib chiqaradigan infeksiyani bloklaydigan antiorganizmni topdilar. Bu haqda Universal-SCI xabar bermoqda. Erasmus tibbiyot markazining hujayra biologiyasi professori Frank Grossfeldning fikricha, aniqlangan antiorganizm koronavirusga qarshi dorilarni tayyorlash uchun ishlatilishi mumkin. Olimlar antiorganizmni COVID-19 virusli infeksiyasini laboratoriya tadqiqotlaridan so‘ng aniqlay olishdi. "Biz biror chorasini qilishimiz kerak va katta ehtimol bilan biz bu chorani topdik deb o‘ylayman. Shuning uchun biz darhol shu yo‘nalishda ishlashni boshlab yubordik", deya qo‘shimcha qildi olim. Ta’kidlanishicha, endi ushbu antiorganizm odamlarda sinovdan o‘tkazilishi kerak va bu tajribalar bir necha oyga cho‘zilishi mumkin. Tadqiqot o‘tkazilishi uchun boshqa biologiya olimlaridan ruxsat olinishi kerak. Bundan tashqari, olimlar samaradorlik haqida gapirish hali juda erta ekanligini ta’kidlashmoqda, chunki muhimi davolash emas, balki profilaktika, shuning uchun koronavirusga qarshi emlashni topish kerak.
Manba: "sof.uz"
| |
|