21:16 Nihoyat! Koronavirus chekinmoqda | |
Jenevadagi brifing chog‘ida JSST’ning favqulotda holatlar bo‘yicha ijrochi direktori Maykl Rayan 6-fevral kuni Xitoyda koronavirus xastaligiga chalinganlar soni kamayganini ma'lum qildi.
“Hozircha xastalikning eng yuqori cho‘qqisini belgilashga vaqt erta, biroq kecha Xitoyda kasallikka chalinish holatlari kamroq qayd etilgani bizni juda quvontirdi. Hozircha biror xulosa chiqarish fikridan yiroqmiz. Voqealar rivojini diqqat bilan kuzatib boramiz”, dedi Rayan. Eslatib o‘tamiz, kecha JSST bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus 5-fevral kuni epidemiya boshlanganidan buyon eng ko‘p bemor qayd etilgan sutka bo‘lganini ma’lum qilgandi.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|