15:29 Nikotin virusni o‘ldirishga yordam beradimi? Narkolog o‘z fikrini aytdi | |
Ba’zi ommaviy axborot vositalarida chekuvchilar koronavirus infeksiyasini kamroq yuqtirganligi haqidagi ma’lumotlar haqiqatga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Bundan tashqari, pandemiya paytida chekish COVID-19 kasalligi holatida salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu haqda Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligining bosh mustaqil psixiatri va narkologi Evgeniy Bryun gapirib o‘tdi.
Olimning ta’kidlashicha, bugungi kunga qadar nikotinning ijobiy ta’sirini ko‘rsatadigan biror ishonchli ma’lumot qo‘lga kiritilmagan. Ammo chekuvchilarda immunitetning jiddiy pasayishi to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar mavjud. “Bunday asossiz xabarlarni tarqatish manfaatdor tomonlar va ishlab chiqaruvchilar tomonidan uyushtirilgan deb taxmin qilish mumkin”, deya qo‘shimcha qildi u. Olimning fikriga ko‘ra, odatiy davrda salomatlik uchun xavfli bo‘lgan barcha vositalar pandemiya vaqtida ikki-uch baravar xavfli bo‘ladi. Har qanday holatda ham sog‘lom turmush tarzi va salomatlik qoidalariga amal qilish koronavirusni yengishning eng samarali usulidir.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|