10:57 Nilufar Usmonova: Yulduzning qizi bo‘lish oson emas | |
Xonanda va aktyorlarning ijodiga ularning farzandlari qanday munosabat bildiradi? Ota-onasining mashhurligi bolalarning hayotida yordam bergan yoki aksincha xalaqit bergan paytlar ham bo‘lganmi? “Sug‘diyona” gazetasi mashhurlar va ularning farzandlari bilan uchrashib, shu kabi savollarga javob izladi. O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning qizi, xonanda Nilufar Usmonova mashhur insonning farzandi bo‘lish haqida quyidagi fikrlarni bildirdi: “Ota-onaning mashhurligi farzandlarga albatta, ta’sir ko‘rsatadi. Bu hislar boshimdan o‘tgan, bilaman. Yulduzning qizi bo‘lish oson emas. To‘qqiz yoshli qizaloq uchun onasi faqat unga emas, butun xalqqa mehr, e’tibor berishi kerakligini tushunish, qabul qilish qiyin kechgan, albatta. Bugun esa bolalarimga ham oson emasligini tushunib turibman. Lekin har qanday vaziyatda ham birinchi o‘rinda ona ekanligimni unutmayman. Katta o‘g‘lim ‘Kel ikkimiz’, Ibrohimxon ‘Dona-dona’, Sulaymonxon esa buvisining qo‘shiqlarini maza qilib tinglaydi. Ularga mehr berish, vaqtni birga o‘tkazishdan zavqlanaman”.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|