14:47 “Novel Coronavirus Pneumonia” – Xitoy koronavirusiga yangi nom berildi | |
Xitoy sog‘liqni saqlash davlat tashkiloti “2019-nCoV” koronavirusiga vaqtincha “Novel Coronavirus Pneumonia” (NCP) deb nom qo'ydi. Bu atama ingliz tilidan tarjima qilinganida “yangi tipdagi koronavirus chaqiradigan pnevmoniya” ma’nosini beradi. Xitoyliklar bu nom vaqtincha qo‘yilganini ta’kidlab o‘tishdi. Chunki kasallikning doimiy nomi JSST tomonidan hali rasman tasdiqlanmadi. 9-fevral ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanganlar soni 37 ming kishini tashkil qilgan. 811 kishi esa vafot etgan. Bundan bir necha kun avval olimlardan biri koronavirusning nomini ishlatish qiyinligi, jurnalistlar, keng jamoatchilik tomonidan “Xitoy virusi” deb atalayotgani mamlakat aholisiga nisbatan kamsitish bo‘lishi mumkinligini aytgani xususida xabar berilgan edi.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|