Muhabbat — ko‘ngillar jipslashuvi. Demakki, har bir ayol umr yo‘ldoshini hamisha go‘zal chehra bilan qarshilashi lozim. Zero, er-xotin munosabatlarida sog‘lik, pokizalik va xushmuomalani muhim sanagan ayol juftu halolining yanada ko‘proq mehriga sazovor bo‘ladi. Buni siz ham istasangiz, quyidagi maslahatlarga befarq bo‘lmaysiz, deb o‘ylaymiz.
- Hammamiz yoqtirib tomosha qiladigan “Kelinlar qo‘zg‘oloni” badiiy filmida aytilganidek, erning ishdan kelishini xuddi bayramdek nishonlash lozim! Toki, turmush o‘rtog‘ingiz ishxonasida o‘ziga oro berib yuradigan hurliqolarga ko‘zi tushganida uyda o‘zining farishtasi kutib o‘tirganligini yoddan chiqarmasin. Buning uchun, tabiiyki, shirinzabon bo‘lishingiz, uni yog‘ hidi anqimaydigan ozoda libos, chiroyli soch turmagi, pardozli chehra bilan kutib olishingiz zarur.
- Uyingiz, ayniqsa, hobgohni kuniga kamida bir marta shamollatib turing. O‘zingiz o‘ylang, yoqimsiz hid o‘rnashib qolgan xonada romantik kayfiyatga berilish mumkinmi? Albatta, yo‘q. Bilasiz, bugun meva va gullar ifori bilan to‘yintirilgan shamchalarni deyarli har bir do‘kondan topish mumkin. Ulardan uch-to‘rttasini xarid qiling, natijasi ikkingizni ham quvontirishi aniq.
- Aksariyat erkaklar xushbo‘y atir hidini yoqtirishadi. Shunga ko‘ra ish tuting! Vanna yoki dush qabul qilayotganingizda dush uchun geldan foydalansangiz yanada yaxshi. Shuningdek, tananing nozik a’zolariga mo‘ljallangan nam sochiqchalar ham mavjud. Shoshilinch holatlarda ular ayni muddaodir.
- Og‘iz bo‘shlig‘i gigienasi haqida ham qayg‘uring. Unutmang, kasallangan tish (masalan, karies)lar va yuvilganda (misol uchun, olma tishlaganingizda) qonaydigan milk davolanmasa, ming xushbo‘y saqich chaynaganingiz bilan og‘zingizdan yoqimsiz hid kelaveradi. Bu esa erkak kishining mayli so‘nishiga sabab bo‘luvchi asosiy sabablardan biridir.
- Bundan tashqari, ba’zilarda teri bezlari o‘ta faol ishlagani bois qo‘ltiq ostida namlik ajralib, noxush hid anqiydi. Bundan xalos bo‘lish uchun yaxshilab yuvib, artilgan terini tuz bilan o‘n-o‘n besh soniya ishqalash, so‘ng yana sovunlab yuvib, artish kerak. Ushbu muolajadan so‘ng kislorodli (bu yorliqda qayd etilgan bo‘ladi) antiperspirant surtish (yoki sepish) mumkin. Agar shunday ham noxush hid yo‘qolmasa, dermatolog-shifokorga murojaat qilib, davolanish kerak.
- Turmush o‘rtog‘ingiz bilan kundalik munosabatlaringizni qaytadan tahlil qilib chiqing. Agar kun davomida bir-biringizga biror marta ham shirin so‘zlar bilan murojaat etmagan bo‘lsangiz. Darhol bu holni to‘g‘rilashga kirishing. Agar eringiz sizni erkalashni “yodidan chiqarib” yuborgan bo‘lsa, tashabbusni qo‘lingizni oling. Sizning shirinsuhanligingiz eringizga ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi
- Sevgi SMSlarini faqat uchrashuv davridagi yoshlar ishlatadi degan, bid’atni yodingizdan chiqaring. Kuniga ikki-uch marta “muhabbatnoma” yozishni kanda qilmang. Bu bilan ham turmush o‘rtog‘ingizning kayfiyatini ko‘tarasiz, ham yana bir bora unga o‘zingiz haqingizda eslatasiz.
- Ko‘rpa-to‘shaklar jildlarini tez-tez almashtirib turishga odatlaning. Hech bo‘lmasa yilda bir yangi jildlar xarid qilishni kanda qilmang!
Intim gigienaning oddiy qoidalariga amal qilish bilan o‘zingiz va begingizning sog‘lig‘ini asragan bo‘lasiz. Doimo sevimli bo‘lib qoling!
ORZU tayyorladi.
Eslatib o‘tamiz, xar yakshanba muxlislar kuni bo‘lib, o‘z muammo yoki ko‘ngil kechinmalari bilan bo‘lishib, keng omma bilan xal qilishga imkoniyatingiz bor.
tarona.net@bk.ru pochtasiga voqea yoki muammoingizni yozib yuborishingiz yoki @tarona_tv manziliga telegramdan voqeangizni yuborishingiz mumkin.
Bunda sizni telefon raqamingiz ko‘rinmasligi va sizni voqeangiz anonim tarzda chop etilishiga kafolat!
Diqqat! Saytga chop etilib bo‘lingan maktub keyin talabga binoan olib tashlanilmaydi!
Voqeangiz sayt orqali keng ommaga chiqishi va xalqdan turli maslaxatlar bo‘lishini bilib turib jo‘natdingizmi, o‘zingiz kutmagan va yoqtirmagan maslaxatni olib keyin olib tashlang deyish mantiqsiz!
|