Главная » 2020 » Декабрь » 27 » Nurmat Otabekov pandemiyani yengish yo‘lini aytdi
14:35

Nurmat Otabekov pandemiyani yengish yo‘lini aytdi


Mamlakatimizdagi pandemik vaziyat bilan bog‘liq so‘nggi yangiliklarga oid SSV matbuot xizmati savollariga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari, tibbiyot fanlari doktori Nurmat Otabekov javob berdi.

—  Bir tomonda koronavirusga vaksinatsiya jarayonlari boshlanishi arafasida turgan bo‘lsak, bir tomonda virusning yangi shtammi haqida gaplar quloqqa chalinadi. Vaksina yangi shtammlarga ham davo bo‘ladimi?

— Albatta, koronavirusga qarshi vaksinalarning yaratilishi qanchadan qancha odamlarni ushbu kasallikka chalinishdan saqlab qolish imkoniyatini beradi. Hozir dunyo hamjamiyati pandemiyani boshidan kechirmoqda, shunday ekan birinchi galdagi vazifa bu aynan pandemiyani jilovlash, kerak bo‘lsa virusning u yoki bu davlatdagi eliminatsiyasiga erishish hisoblanadi.

Fikrimcha, agar aholining 70 foizida immunitetni shakllantira olsak (emlash orqali yoki kasallanish oqibatida) demak biz pandemiyani jilovlay olamiz, aniqroq aytsak biz uni yengamiz. Statistik raqamlarga e’tibor bersak, bugunga kelib, yer kurrasi aholisining yuzdan biri koronavirusga chalindi, jami qayd etilgan holatlar soni 80 million nafardan oshdi, 1 million nafardan ortiq bemor vafot etdi.

Fikrimcha, mutatsiyaga uchragan virusning paydo bo‘lishi endilikda emlashning befoyda ekanligini bildirmaydi. Bugungi kunga qadar ishlab chiqilgan vaksinalarning aksariyati koronavirusning bog‘lovchi oqsillarini kodlaydi. Demak, emlash tadbirlari amalga oshirilgandan keyin hatto mutant-virus bilan kasallangan taqdirda ham bemorning immun tizimi harakatga keladi va quvonarlisi, amaldagi immun tizimini yengib o‘ta oladigan darajada proteinlarini o‘zgartirishi uchun virus bir qator mutatsiyalardan o‘tishi shart bo‘ladi.

Shu o‘rinda, aholimizga eslatib o‘tmoqchi bo‘lgan narsam shuki, gripp kasalligi viruslari ham tez-tez mutatsiyaga uchrashi sababli vaksina har faslning boshida yangilanib turiladi va shu yo‘l bilan emlash samaradorligiga erishiladi.  Buning uchun koronavirusga qarshi vaksinalarni ham kelgusida yangilash kerak bo‘lishi mumkin. Ammo pandemiya davrida jamlangan ma’lumotlar va yaratilgan ishlab chiqarish manbalari, shubhasiz keyinchalik aholini unchalik qimmat bo‘lmagan va sifatli vaksina bilan muntazam ta’minlash imkonini beradi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Nurmat Otabekov, pandemiyani, yengish | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz