Главная » 2020 » Март » 25 » O‘quv yili 25 mayda yakunlanadimi? XTV vakili javob berdi
12:41

O‘quv yili 25 mayda yakunlanadimi? XTV vakili javob berdi


O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasining kirib kelishi ortidan mamlakatda karantin e’lon qilindi. Shu sababdan maktablarda ta’til e’lon qilindi. Ushbu kutilmagan va odatdagidan uzoqroq davom etayotgan ta’til o‘quv yilining tugashiga ta’sir ko‘rsatmaydimi? Xalq ta’limi vazirligi Matbuot kotibi Anvar Umarov brifing vaqtida ushbu savolga javob berdi.

“Amaldagi tartibga (Vazirlar Maxkamasining 15.03.2017y 140-sonli qarori) ko‘ra, o‘quv yili 25 mayda yakunlanadi. 26 maydan 15 iyunga qadar 9-11-sinflarda bitiruv imtihonlari o‘tkaziladi.

Respublika Maxsus komissiyasi qarori bilan 16 martdan boshlab ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun ta’til e’lon qilingan. Albatta, ta’tilning davomiyligi tibbiy profilaktika (karantin) jarayonlarining davom etishiga bog‘liq. 

Respublika Maxsus komissiyasi qaroriga asosan ta’tilning davomiyligiga qarab o‘quv jarayonlarini davom etishi yoki etmasligi haqida o‘quvchilar va ota-onalar xabardor qilinadi. 

Ta’til vaqtida belgilangan o‘quv dasturlardagi bilimlar televizion darslar orqali o‘quvchilarga yetkaziladi. Bu darslarni faqat o‘quvchilar emas, balki ularning ota-onalari va yaqinlari, barcha pedagoglar ham kuzatib borishi lozim bo‘ladi”, dedi Anvar Umarov.

Vazirlik vakili darslar boshlangandan keyin to‘xtatilgan darslar qanday reja asosida boshlanishiga ham aniqlik kiritdi.

“Darslar to‘xtatilgan kun, ya’ni 16 martdan 20 martga qadar o‘quv yilining 3 chorak yakuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, bu davrda o‘quv dasturiga asosan aksariyat mavzular takrorlash yoki o‘tilgan mavzularni mustahkamlashga qaratilgan. 

Shu bois karantin rejimi tugatilib, darslar boshlangandan keyin aynan to‘xtatilgan mavzudan boshlashga ehtiyoj qolmaydi. Chunki o‘quvchilar uchun tayyorlanayotgan televizion darslar orqali ana shu bo‘shliq to‘ldirib ketilmoqda.

Televizion darslar o‘quv yilining 4-choragiga rejalashtirilgan mavzulari asosida tayyorlanmoqda. Lekin shuni alohida ta’kidlash joizki, o‘quvchilar televizion darslar orqali o‘zlashtira olmagan bilimlar o‘quv jarayonlari boshlangan vaqtda albatta fan o‘qituvchilari yordamida mustahkamlanadi”, dedi Anvar Umarov.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz