Главная » 2020 » Январь » 6 » “O‘zavtosanoat” Spark, Nexia, Cobalt va Gentra ishlab chiqarishni to‘xtatadi
21:23

“O‘zavtosanoat” Spark, Nexia, Cobalt va Gentra ishlab chiqarishni to‘xtatadi


O‘zbekistonda Spark, Nexia, Cobalt va Gentra avtomobillarini ishlab chiqarish asta-sekin to‘xtatilishi kutilmoqda. Bu jarayon bosqichma-bosqich amalga oshirilib, 2022-2023 yillarga to‘g‘ri keladi. Bu haqda bugun, 6 yanvar kuni AOKAdan o‘tgan matbuot anjumanida “O‘zavtosanoat” AJ strategik rejalashtirish boshqarmasi boshlig‘i Rustam Qodirov ma’lum qildi. 

Anjumanda qayd etilishicha, 2019 yilda UzAuto Motors ishlab chiqarish hajmini 220 ming donadan 271 ming dona avtomobilga yetkazib (bu 2018 yildagidan 23,2%ga ko‘p), ishlab chiqarilgan avtomobillar soni bo‘yicha rekordni yangilagan. 2020 yilda yengil avtomobillarni yillik ishlab chiqarish hajmini 350 ming donagacha kengaytirish ko‘zda tutilmoqda. 

“Xorijiy kompaniyalar bilan kelishuvlar natijasida “O‘zavtosanoat” AJ korxonalari bazasida plastmassa va shovqindan himoyalash detallari, kabellar, interer detallari, texnologik jihozlar va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Bu mahalliylashtirish darajasini 60 foizgacha yetkazish imkonini beradi”, deydi Qodirov. 

Mutasaddilar 2019 yil yakunida UzAuto Motors kompaniyasi SUV (Sport Utility Vehicle — “sport-utilitar avtomobil”) toifasidagi to‘rtta yangi avtomobil modeli, ya’ni Chevrolet Trailblazer, Chevrolet Traverse, Chevrolet Tahoe va Chevrolet Equinox’ni taqdim etganini bildirdi. 2020 yilda yagona global platformada yangi avtomobil modellarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha loyiha ishga tushishi kutilayotgani ma’lum qilindi. “O‘zavtosanoat” AJ vakillarining so‘zlariga ko‘ra, aynan mana shu platformalarda SUV toifasidagi avtomobillar va sedanlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

2022-2023 yillarga qadar Spark, Nexia, Cobalt va Gentra avtomobillarini ishlab chiqarish asta-sekin to‘xtatiladi. Ular o‘rniga 10-15 ming AQSH dollari atrofidagi yangi modellar, jumladan, Chevrolet Onix ishlab chiqarilishi boshlanadi. Ta’kidlanishicha, bu yangi modellarning ayrimlari elektromobil bo‘ladi. 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz