O‘zbek futbolida munosib mehnat qilib kelgan mutaxassis Ulug‘bek Ro‘zimov vafot etdi. Bu haqda “Shampionat Asia” sayti xabar berdi.
1968 yilning 15 avgustida tavallud topgan Ulug‘bek Ro‘zimov faoliyatini 1985 yilda “Xorazm” jamoasida boshlagan. Keyinchalik faoliyatining asosiy qismini “Paxtakor” tarkibida o‘tkazgan.
U 1994 yil Yaponiyaning Xirosima shahrida bo‘lib o‘tgan XII Osiyo o‘yinlari g‘olibi. Bugungi kungacha “Paxtakor” akademiyasida 2005 yil tarbiyalanuvchilarni shug‘ullantirib kelayotgan edi.
Tahririyatimiz nomidan Ulug‘bek Ro‘zimovning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildiramiz.