07:33 O‘zbekiston Eron-AQSH o‘rtasidagi taranglikka munosabat bildirdi | |
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Eron-AQSH o‘rtasida soat sayin keskin tus olayotgan siyosiy vaziyatga nisbatan munosabat bildirdi. "O‘zbekistonda Markaziy Osiyoga bevosita tutash Yaqin Sharqda yuz berayotgan voqealar alohida tashvish bilan qarshi olinmoqda. Harbiy-siyosiy holatning yanada keskinlashishi ko‘plab insonlar qurbon bo‘lishiga va keng ko‘lamli gumanitar falokatga olib kelishi mumkin, hayotiy muhim iqtisodiy aloqalar va kommunikatsiya yo‘llarini vayron qiladi, mintaqaviy va global xavfsizlikka tuzatib bo‘lmas zarar yetkazadi. O‘zbekiston tomoni o‘ta bosiqlik tarafdori bo‘lib, taranglikni kamaytirish va mintaqadagi vaziyatni mo‘’tadillashtirish uchun qarama qarshi tomonlarni siyosiy-diplomatik choralar ko‘rishga chaqiradi", deyiladi. Eslatib o‘tamiz, AQSH va Eron O‘zbekiston uchun muhim iqtisodiy hamkorlardan sanaladi. Ayniqsa, Eron orqali dengiz chiqish imkoniyatlari yuqori.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|