Главная » 2021 » Сентябрь » 16 » O‘zbekiston jamoasi Xalqaro KVN Ligasining yarim finaliga chiqdi
14:15

O‘zbekiston jamoasi Xalqaro KVN Ligasining yarim finaliga chiqdi


"Tashkent siti" KVN bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Xalqaro KVN Ligasining yarim finaliga chiqdi Chorak final natijalariga ko‘ra, vatandoshlarimiz 52 ball to‘plab, birinchi o‘rinni egalladilar. O‘yin 11 sentyabr kuni Rossiyaning Smolensk shahrida bo‘lib o‘tdi. Xalqaro KVN ittifoqining rasmiy saytida e’tirof etilishicha, mamlakatimiz jamoasi yumorni sharqona kolorit va o‘zgacha did bilan taqdim etib kelmoqda.

Qur’a bizning jamoa mazkur bosqichning to‘rtinchi kuni ishtirok etishini belgiladi. Yigitlarimiz quyidagi beshta jamoaga qarshi bellashdilar: “Oleg” JUrDU (Chelyabinsk), “Akvabatya” (Ivanovo), “Komanda vospitateley detskogo sada – PK” (Noyabrsk), “Pasha i Seryoja” (Tver) hamda “Vsyo putyom” (“DR” IH, Donetsk). Jamoalar “Tanishtiruv”, “Savol-javob” va “Musiqiy chiqish” shartlari bo‘yicha o‘z iqtidorlarini namoyish etdilar.

Yubiley mavsumining chorak final bosqichida 26 jamoa 1/2 final yo‘llanmasi uchun kurashdi. 1/8 hamda 1/4 finaldagi ochkolar yig‘indisi bo‘yicha 14 ta jamoa yarim finalga chiqdi. Shuni ta’kidlash joizki, O‘zbekiston 29 yil ichida ilk bor nufuzli yumoristik musobaqaning yarim finaliga chiqishga muvaffaq bo‘ldi.

Terma jamoamiz homiysi – AKFA Group. Kompaniya o‘zbekistonlik QVZchilarning asosiy maqsadi – mamlakat nufuzini oshirish va o‘zbek yumorini tanitishni qo‘llab-quvvatlaydi.

Ma’lumot o‘rnida eslatib o‘tamiz, xalqaro KVN ligasida ishtirok etish huquqini jamoamiz 11—22-mart kunlari Sochi shahrida bo‘lib o‘tgan 32-xalqaro KVN festivali “KiViN-2021”da qo‘lga kiritgan edi. Mazkur festival joriy yilda 15 dan ortiq mamlakatlardan 300 dan ko‘proq jamoalar safida 2000 ga yaqin ijodkor yoshlarni o‘zida jamladi. Festival natijalariga ko‘ra, “Tashkent siti” jamoasi televizion ligalar uchun tanlangan bir qator eng yaxshi jamoalar qatoridan o‘rin olgan edi.

Xalqaro KVN Ligasining yarim finali 29-30 oktyabr kunlari Rossiyaning Smolensk shahrida, “Gubernskiy” madaniy hordiq chiqarish markazida bo‘lib o‘tadi. “Tashkent siti” jamoasiga omad va g‘alabalarni tilab qolamiz.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: KVN | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz