23:26 O‘zbekiston koronavirus kirishiga tayyormi, shifoxonalarda joy bormi? | |
O‘zbekistonda COVID-2019 virusi qayd etilishi ehtimolini hisobga olgan holda shifoxonalar va ulardagi o‘rinlar zaxirasi Toshkent shahrida joylashgan virusologiya ilmiy-tekshirish instituti va epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish institutida tashkil etilgan. Bu haqda bugun, 10 mart kuni AOKAda o‘tgan matbuot anjumanida Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov ma’lum qildi. Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovning ma’lum qilishicha, O‘zbekistondagi mavjud bir viloyat va tumanlardagi yuqumli kasalliklar shifoxonalarida mana shunday zaxira o‘rinlar tayyorlangan. Agar, mamlakatda koronavirus qayd etilgudek bo‘lsa, birinchi bo‘lib virusologiya ilmiy-tekshirish instituti, ikkinchi epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish institutiga murojaat qilish mumkin. Shuningdek, yuqumli kasalliklar shifoxonalariga murojaat qilinadi.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 29 yanvar kuni “O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoyishni imzolagan edi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|